Kontent qismiga oʻtish

Shoʻrtepa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sho`rtepadan yoʻnaltirildi)

Shoʻrtepaoʻrta asrlar (78, qisman 1012 va 15alar)ga mansub arxeologik yodgorlik, koʻshkli qishloq xarobasi. Toshkentning shim.sharqiy qismida, Qorasuv anhoridan Tovkat arigʻi bosh olgʻan yerda joylashgan. Bal. 7 m li koʻshk va unga tutashgan qishloq xarobasining bir qismi saqlangan. 1887-yil N. P. Ostroumov tomonidan qayd etilib, qazishlar oʻtkazilgan. 1949-yilda I. Baishev va V. M. Masson kuzatishlar olib borgan. 1968-yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi shahrida olib borgan qazishlari tufayli 78-asrlarga mansub moddiymadaniyat ashyolari bilan bir qatorda koʻshkning meʼmoriy va qurilish jihatlari aniqlangan. Sh. 8-asr boshlarida arab xalifaligi istilosi natijasida vayron boʻlib, ancha vaqt xaroba holida yotgan. 10—12-asrlar va 15-asrda shahrida hayot qisqa vaqt tiklangan. 1865-yil 9 may kuni shahrida Toshkent mudofaachilari bilan general Chernyayev boshliq rus qoʻshinlari oʻrtasida qattiq jang boʻlgan. Toshkentlik muarrix Muhammad Solih "Tarixi jadidai Toshkand" nomli asarida bu jang haqida mufassal bayon qilgan.

  • Buryakov Yu.F., Kasnmov M. R., Rostovsev O.M., Arxeologicheskiye pamyatniki Tashkentskoy oblasti, T., 1973; Oʻrinboyev A., Boʻriyev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida, T., 1983.