Kontent qismiga oʻtish

Shirgaron madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Shirgaron darvozasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Asosiy sana:
XIX
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 9 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Shirgaron darvozasi — Buxoro madrasasi. Hozirgi kunda madrasa saqlanib qolmagan. Shirgaron madrasasi XIX asrda Hoji Darugʻa guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi davrida bunyod etilgan. Ushbu guzarda mulla Gʻafur madrasasi ham mavjud boʻlgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov oʻz kitobida Shirgaron madrasasining ikkinchi nomi balki mulla Gʻafur madrasasi boʻlishi mumkin deb taxmin qilgan. Vaqf hujjatida madrasa hijriy 1277-yil rabi ul-avval oyida (1860-yil sentyabr-oktyabr) Hoji Darugʻa guzarida joylashgan mulla Gʻafur madrasasi uchun Hoja Halimiddin guzaridagi rangrez doʻkoni vaqf qilingan. Madrasa bir tomoni pishiq gʻishtdan, qolgan uch tomoni esa xom gʻisht va sinchdan bunyod etilgan. Madrasa gʻarbida mulla Hakimboy valadi mulla Nadr hovlisi, shimolida ham hovlilar, janubida guzarning masjidi mavjud boʻlgan. Madrasa mutavvalisi mudarris boʻlgan. Madrasa har bir xonasida ikki nafar talaba yashagan. Ushbu vaqf hujjati qozi ul-quzzot mulla Soʻfixoja ibn oxund mulla Omonullaxoja muhri bilan tasdiqlanadi. Shirgaron (Shergiron) Buxoro shahridagi 11 darvozadan biridir. Uning oldida ushbu madrasa mavjud boʻlgan. Ushbu madrasaga oid yana bitta hujjat bizgacha yetib kelgan. Olga Suxareva oʻz tadqiqotlarida ushbu guzarda yogʻochdan bunyod etilgan masjid-madrasa borligini takidlaydi. Muallif fikriga koʻra madrasa 15 hujradan iborat boʻlgan va XIX asrning ikkinchi yarmida bunyod etilgan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 9 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3]. Shirgaron madrasasi 9 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.


  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. 
  3. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.