Sherzodxon Qudratxoʻja
Sherzodxon Tojiddinxon oʻgʻli Qudratxoʻja | |
---|---|
Tavalludi |
26-may 1974-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Turmush oʻrtogʻi | Mukarramxon Alisherovna Agzamxodjayeva |
Bolalari | Muazzamxon, Saidislomxon, Manzuraxon |
Otasi |
Qudratxoʻjayev Tojiddin Toʻlyaganovich Qudratxoʻjayeva Moʻtabar Mirsolixovna |
Mukofotlari |
2019-yilning may oyida jurnalistika sohasidagi asosiy milliy mukofot „Oltin qalam“ gran-pri sovrindori. |
Sherzodxon Tojiddinxon oʻgʻli Qudratxoʻja – jurnalist, teleboshlovchi, siyosatshunos, siyosiy fanlar nomzodi, professor, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, „Xalqaro press klub“ NNT raisi[1] (2017—2022), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1996—1998-yillar – Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Axborot direksiyasi muharriri, siyosiy sharhlovchisi;
1998—1999-yillar – Oʻzbekiston Teleradiokompaniya Xalqaro koʻrsatuvlar direksiyasi direktori;
1999—2000-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi va xizmati rahbari;
2000—2005-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati bosh konsultanti;
2005—2008-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot kotibi;
2008—2012-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Internet jurnalistika va informatsion texnologiyalar kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi;
2012—2013-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Internet jurnalistika va informatsion texnologiyalar kafedrasi mudiri;
2013—2016-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Uslubiyat, tahrir va internet jurnalistika kafedrasi dotsenti;
2016—2017-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Raqamli ommaviy axborot vositalari kafedrasi dotsenti;
2017—2018-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Matbuot nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri;
2017—2022-yillar – Xalqaro Press-klub nodavlat-notijorat tashkiloti raisi;
2017—yildan hozirga qadar – Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti;
2018—yildan hozirga qadar – Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori[3].
2019—2024-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining jamoatchilik asosidagi aʼzosi
2022—yildan hozirga qadar — Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi[4]
2022—yildan hozirga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Jamoatchilik kengashi raisi[5]
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil – „Oltin qalam“ milliy mukofoti Gran-pri sovrindori;
2019-yil – „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi;
2020-yil – „Mehr-saxovat“ koʻkrak nishoni sohibi;
2020-yil – „Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist“ faxriy unvoni sohibi[6];
2022-yil – „2021-yilning Media Lideri“.
Shov-shuvli chiqishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sherzodxon Qudratxoʻja tomonidan 2024-yilning 13-fevral kuni Kirill Altmanga Alter Ego loyihasi uchun berilgan intervyu omma orasida keng shov-shuvlarga sabab boʻldi[7]. Xususan, intervyu davomida aytgan "Oʻzbekistonda yashab, oʻzbek tilini bilmaydiganlar „bosqinchi“ yoki „ahmoq“ ekanini oʻzlari hal qilishi kerak", kabi fikrlari rus ommasi tomonidan qattiq tanqidlarga uchradi[8]. „Rossotrudnichestvo“ rasmiylari Qudratxoʻja kechirim soʻramaguniga qadar u bilan kechadigan har qanday muloqot va aloqalar toʻxtatilishini maʼlum qildi[9].
Oʻzbek internet segmenti tomonidan esa bu intervyuda aytilgan fikrlar iliq qabul qilindi[manba kerak].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Xalqaro Press-klub nima?, 2020-07-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-08-31
- ↑ Firdavs Abduxoliqov OʻzEOAVMA raisligidan ketdi. Uning oʻrnini Sherzodxon Qudratxoʻja egalladi
- ↑ Sherzod Kudratxodjaev vozglavil Universitet jurnalistiki i massovix kommunikatsiy
- ↑ oav.uz (Wayback Machine saytida 2022-02-08 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Maktabgacha taʼlim vazirligida “Ochiq muloqot” tashkil etilib, jamoatchilik kengashiga hisobot berildi.“ (2022-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 21-mart.
- ↑ https://kun.uz/uz/news/2020/08/31/sherzod-qudratxojayev-qoraqalpogistonda-xizmat-korsatgan-jurnalist-sifatida-taqdirlandi
- ↑ "Узбекский язык не знают либо оккупанты либо идиоты" - интервью с Шерзодхоном Кудратходжой (inglizcha), qaraldi: 2024-02-21
- ↑ „“Bosqinchimi yo ahmoq, o‘zlari hal qilsin” — Sherzodxon Qudratxo‘ja – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta.uz“ (uz-Latn). Газета.uz (2024-yil 14-fevral). Qaraldi: 2024-yil 21-fevral.
- ↑ uz, Daryo „“Rossotrudnichestvo” Sherzodxon Qudratxo‘ja bilan har qanday muloqot va aloqalarni to‘xtatdi“ (uz-latn). Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 21-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sahifasi YouTubeda
- Rasmiy sahifasi Instagramda
- Rasmiy sahifasi Facebookda
- Rasmiy sahifasi Telegramda