Shen Longyuan
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 2-mart 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Yangpu, Shanghai, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.77 m (5 ft 9.7 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Rizhao Yuqi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000—2001 | Shanghai 02 | ||
2002 | Shanghai COSCO Huili | ||
2003 | Shanghai Shenhua | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2010 | Shanghai Shenhua | 69 | (3) |
2011 | Hangzhou Greentown | 21 | (1) |
2012—2013 | Chongqing F.C. | 40 | (0) |
2015 | Shanghai Jiading Boo King | ||
2016—2017 | Shanghai JuJu Sports | 38 | (6) |
2018—2020 | Taizhou Yuanda | 32 | (3) |
2021 | Shanghai Huajiao | ||
2022 | Rizhao Yuqi | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2008—2009 | Xitoy | 5 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (24-may 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-mart 2010-yil uchun) |
Shen Longyuan (talaffuzi: Shen Lonyuan) (1985-yil 2-martda Shanxayning Yangpu shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning „Rizhao Yuqi“ klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shen Longyuan oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2004-yilda „Shanhai Shenxua“ yoshlar jamoasini tugatgandan soʻng boshlagan. U 2004-yil 23-oktabrda „Shenxua“ safida „Qingdao Zhongneng“ga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazgan va 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan vaqtda zaxiradan maydonga tushgan[1]. Ushbu magʻlubiyatdan soʻng u butun mavsum davomida faqat bitta liga oʻyinida maydonga tushgan. 2006-yilgi liga mavsumiga kelib u koʻproq maydonga tusha boshlagan va 2006-yil 9-sentyabrda Shen oʻzining birinchi ligadagi golini BeijingGuoanga qarshi oʻyinda kiritgan[2]. 2008-yilgi liga mavsumida Jia Xiuquanning doimiy oʻyinchisiga aylana boshlagan. 2010-yil liga mavsumi boshida Miroslav Blaževich bosh murabbiy boʻlib kelganida, u Shenni kamdan-kam maydonga tushirgan.
Shartnomasi 2010-yil liga mavsumi oxirida tugaganidan soʻng u Shanghai Shenhuani tark etadi va 2011-yilning yanvarida Hangzhou Grintaunga qoʻshiladi. Hangzhohuda Shenhuaning sobiq mmurabbiyi Vu Jingui qoʻl ostida harakat qiladi. 2011-yil 1-mart kuni Hangzhouning mavsumdagi birinchi oʻyinida Shen 2011-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida Nagoya Grampusga qarshi debyut qilgan, bu oʻyinda Hangzhou 2:0 hisobida gʻalaba qozongan[3].
Shen 2012-yilning fevral oyida Xitoyning birinchi ligasiga yangi kelgan „Chongqing“ klubiga oʻtgan[4]. U 2013-yilgi mavsum oxirida Chongqing tarqatib yuborilganidan soʻng, Superliganing „Tianjin TEDA“ klubi bilan bogʻlangan[5]. Shen 2014-yil avgust oyida Xitoyning ikkinchi liga jamoasi „Fujian Broncos“ga oʻtgan[6]. 2016-yil 14-mart kuni Shen Shanghai Jiading Boo King havaskor klubi bilan shartnoma mojarosini hal qilgandan soʻng Shanghai JuJu Sports ikkinchi liga klubiga qoʻshilgan[7].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U bir necha mavsum davomida Xitoy olimpiya (U-23) futbol jamoasida muntazam maydonga tushgan. Keyinchalik u 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi musobaqada ishtirok etgan va u yerda guruhning soʻnggi oʻyinida Xao Junminning oʻrniga maydonga tushgan[8].
Shen Longyuan xalqaro maydondagi debyutini Tailand milliy terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:3) oʻtkazgan, u 46 daqiqada Vang Dongning oʻrniga maydonga tushgan[9].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Shanghai Shenhua | 2004 | Xitoy Super Ligasi | 2 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 |
2005 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 1 | 0 | ||||
2006 | 10 | 1 | 1 | 0 | - | 3 | 0 | - | 14 | 1 | ||||
2007 | 11 | 0 | - | - | 0 | 0 | 0 | 0 | 11 | 0 | ||||
2008 | 19 | 1 | - | - | - | - | 19 | 1 | ||||||
2009 | 19 | 1 | - | - | 5 | 0 | - | 24 | 1 | |||||
2010 | 7 | 0 | - | - | - | - | 7 | 0 | ||||||
Jami | 69 | 3 | 1 | 0 | 1 | 1 | 8 | 0 | 0 | 0 | 79 | 4 | ||
Hangzhou Greentown | 2011 | Xitoy Super Ligasi | 21 | 1 | 1 | 0 | - | 4 | 0 | - | 25 | 1 | ||
Chongqing F.C. | 2012 | Xitoy Birinchi Ligasi | 21 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 22 | 0 | |||
2013 | 19 | 0 | 2 | 0 | - | - | - | 21 | 0 | |||||
Jami | 40 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 43 | 0 | ||
Shanghai JuJu Sports | 2016 | Xitoy Ikkinchi Ligasi | 18 | 6 | 5 | 4 | - | - | - | 23 | 10 | |||
2017 | 20 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 20 | 0 | |||||
Jami | 38 | 6 | 5 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 43 | 10 | ||
Taizhou Yuanda | 2018 | Xitoy Chempionlar Ligasi | - | - | - | - | - | - | - | |||||
2019 | Xitoy Ikkinchi Ligasi | 27 | 3 | 3 | 1 | - | - | - | 30 | 4 | ||||
Jami | 27 | 3 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 30 | 4 | ||
Karyerada jami | 195 | 13 | 13 | 5 | 1 | 1 | 12 | 0 | 0 | 0 | 221 | 19 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „比赛结果-中超数据库-搜狐“. sports.sohu.com (2004-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
- ↑ „申花小胜国安暂居次席 御林军主场连胜纪录作古“. sports.sohu.com (9-sentabr 2006-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
- ↑ „AFC CHAMPIONS LEAGUE 2011 MATCH SUMMARY“. the-afc.com (1-mart 2011-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
- ↑ „重足引援最新动向:路姜离队 沈龙元小马丁搞定“. Sohu (13-fevral 2012-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2016-yil.
- ↑ „泰达追内援又有新目标 瞄准自由人沈龙元李思源“. Sohu (25-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2016-yil.
- ↑ „福建超越来了两张新面孔“. Netease (2014-yil 2-avgust). 22-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-noyabr 2016-yil.
- ↑ „沈龙元与搏击长空解约 自由身转会中乙职业球队“. 163.com (14-mart 2016-yil). Qaraldi: 15-mart 2016-yil.
- ↑ „China, PR Brazil Olympic Games 2008 - Football Lineups“. football-lineups.com (13-avgust 2008-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
- ↑ „China, PR vs Thailand in Friendlies 2008 - Football Lineups“. football-lineups.com (15-mart 2008-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.