Shavkat Majitov
Shavkat Xalmetovich Majitov | |
---|---|
Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi | |
Mansab davri 2001-yildan – 2002-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Oʻtkir Sultonov |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | ? |
Vorisi | Abdusalom Azizov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-aprel 1955-yil Olmaota |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
Shavkat Xalmetovich Majitov (01.04.1955, Olmota) — 2001—2002-yillarda Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1977-yilda Qozogʻiston kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.
1977-1981 yillarda Qozogʻiston SSR Davlat standarti boshqarmasining neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish boʻlimi muhandisi, bosh muhandisi, sektor mudiri.
1981-yilda Chimkent viloyati standartlar va oʻlchov vositalari davlat nazorati laboratoriyasi katta muhandisi.
1981—1991-yillarda „OʻrtaOsiyoGaz“ ilmiy nazorat institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim.
1992—1994-yillarda „OʻzLITIneftgaz“ gazni qayta ishlash laboratoriyasida katta ilmiy xodim, sektor mudiri.
1994—1995-yillarda „Oʻzbekneftgaz“ Milliy korporatsiyaning neftni qayta ishlash boʻlimi boshligʻi.
1995—1998 yillarda — Buxoro neftni qayta ishlash zavodining texnologik qismi qurilishini taʼminlash direksiyasi direktori lavozimida ishlagan.
1998-yilda „Oʻzneftniqaytaishlash“ uyushmasi Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimining xorijiy kompaniyalar bilan investitsiya obyektlari boʻyicha shartnomalarni bajarish boʻlimi direktori oʻrinbosari.
1998—2001-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qurilish, transport va kommunikatsiyalar majmuasining ustuvor investitsiya dasturlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish guruhi rahbari.
2001—2002-yillarda „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi.
2002—2013-yillarda boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari, bir vaqtning oʻzida prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi.
2007—2015-yillarda I. M. Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali Vasiylik kengashining raisi boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ arxiv nusxasi, 9-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 24-may 2015-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()