Sharof Boshbekov
Sharof Boshbekov | |
---|---|
Tavalludi |
4-yanvar 1951-yil |
Vafoti |
26-yanvar 2022-yil (71 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Sharof Boshbekov (1951-yil 4-yanvar; Bulungʻur, Oʻzbekiston SSR; 2022-yilning 26-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) – yozuvchi, dramaturg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, „Mehnat shuhrati“ordeni sohibi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.[1]
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharof Boshbekov 1951-yil 4-yanvar Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Gʻubir qishlogʻida tugʻilgan. 1974-yili Sanʼat institutining musiqali aktyorlik boʻlimini tugatdi. Toshkentdagi „Muqimiy“ musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983—1985) Oʻzbekiston Milliy teatrida (1986—1987) adabiy xodim boʻldi.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharof Boshbekovning „Taqdir eshigi“, „Eski shahar Gavroshlari“, „Temir xotin“ kabi asarlari teatrlar repertuarlaridan munosib oʻrin egallagan. Inchunin, „Temir xotin“ komediyasi sobiq ittifoq respublikalarining barchasida sahnalashtirilgan.
U kino sohasida ham ijod qildi. Uning stsenariylari asosida „Yuzsiz“, „Tilla bola“, „Temir xotin“, „Ma'ruf va Sharif“, „Masxaraboz“ kabi filmlar suratga olingan. Ayniqsa, „Charxpalak“ seriali mashhur boʻldi.[2]
Sharof Boshbekov dramaturgiyasining kuchi (sehri) asar syujetida emas, gʻaroyib xarakterlar va tilidadir.
„Temir xotin“ asari uchun dramaturg Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotiga sazovor boʻldi. Oʻzbek kino sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoniga loyiq koʻrildi (1999-yil). 2001-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlandi.[3]
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilning 26-yanvarida vafot etgan[4].
Asari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Boshbekov Sh. „Eshik qoqqan kim boʻldi“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1989.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Smelyakov Yu. Sovremenniy geroy. Kto on? Jurnal „Sovremennaya dramaturgiya“, 1984, #1
- Mahmudova S. „Oʻtmish va kelajak ramzlari“, „Sharq yulduzi“ jurnali, 1989, 5-son.
- Norboʻtayev I. „Masxaraboz“, „Kino“ jurnali, 1995, 1-son.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbek xalqining mashhur yozuvchisi Sharof Boshbekov vafot etdi“ (oz). UzReport.news. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
- ↑ „Бошбеков Шароф“ (ru). Arboblar.uz. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
- ↑ „Шароф Бошбеков оламдан ўтди“. https://yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2022/01/26/dramaturg-sharof-boshbekov-vafot-etdi
- 4-yanvarda tugʻilganlar
- 1951-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- 26-yanvarda vafot etganlar
- 2022-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik yozuvchilar
- Oʻzbekiston davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekiston dramaturglari