Kontent qismiga oʻtish

Sharingan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 Bu (写輪眼 sharingan, „nusxalovchi aylanma koʻz“) Naruto animesidagi Uchiha klani aʼzolarida namoyon boʻladigan takomillashgan genom, yaʼni, koʻz texnikasi. Byakugan va Rinnegan bilan bir qatorda uchta buyuk Doujutsu (三大瞳術 San Daidoujutsu, „Uch buyuk koʻz texnikasi“) hisoblanadi. Sharingan qobiliyatlari xilma-xil boʻlgani uchun u „Samo koʻzi“ (yaponcha Tengan, 天眼) deb ham nomlanadi. Uning kuchi Kaguya Outsutsukidan kelib chiqqan boʻlsa-da, u birinchi boʻlib Indra Outsutsukida uygʻongan

Agar Sharingan aktivlashsa, ko'z shoxpardasi qizil tus oladi va qorachiq atrofida halqasimon joylashadigan vergulga o'xshash „Tomoe“ nomli belgi paydo bo'ladi

Sharinganning sohibi o'ziga yaqin odamlar odamlar tomonidan kuchli his-tuyg'ularni boshdan kechirganda, uning miyasi ko'z nervlariga ta'sir qiladigan maxsus turdagi chakrani ishlab chiqarishni boshlaydi, natijada, sharingan paydo bo'ladi. Shuning uchun Sharingan "Qalbni akslantiruvchi ko'z" deb ham ataladi. Ko'pincha, „Nafrat la'nati“ deya nomlangan Uchiha klanida bu emotsiyalar salbiydir, chunki, u stress va judoliklar bilan bog'liq. Yaqin insonini himoya qilish yoki yaqin insoni bilan yana qayta birga bo'lish istagi bilan bu hissiyotlar ijobiy bo'lishi ham mumkin

Dastlab, Sharingan uyg'onganda unda 1 ta Tomoe bo'ladi. Noma'lum sababga ko'ra ilk Sharingan paydo bo'lgandagi Tomoelar miqdori ba'zilarda ko'proq bo'ladi. Misol uchun, animedagi Itachi, Obito va Indra darhol 2 ta Tomoe oladilar, Hagoromoda esa birdaniga 3 ta bo'lgan. Eksterimal sharoitlarda hissiy o'sish orqali Sharingan rivojlanishda davom etadi va 3 ta Tomoe bilan chegaralanadi

Imkoniyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharinganning qobiliyatlari ikkita asosiy yo'nalishga bo'linadi: "O'ta sezgir ko'z" (yaponcha Dousatsugan 洞察眼) va "Gipnoz ko'zi" (yaponcha Saimingan 催眠眼)

• Sharinganning birinchi qobiliyati chakra va uning oqimini koʻrish, ranglarini taniy olish va farqlash qobiliyatidir. Bu shuningdek, foydalanuvchisiga chakra oqimini koʻrish orqali oʻzi yoki boshqa birov Genjutsu ostida ekanligini aniqlashga imkon beradi

• Sharingan biror obyektni eng kichik muskul harakatlarini ham koʻra olish imkoniyatini beradi. Foydalanuvchi yuqori tezlik va idrok ravshanligiga ega boʻlib, lab yoki qoʻl muskullari harakatini kuzatish orqali maʼlumot olishi yanada osonlashadi. Sharingan juda qisqa vaqt ichida koʻp sonli tasvir va maʼlumotlarni qabul qila oladi, shuning uchun ham u juda tez harakatlanuvchi obyektlarni ham oson kuzatishi mumkin. Yuqori darajada rivojlangan Sharingan harakatlanayotgan obyektni harakat chizigʻi va burchagi, muskul harakatlariga asoslanib uning harakatlarini oldindan koʻra olishi mumkin

• Ehtimol bu ninzya olamidagi eng mashhur xususiyat, koʻz bilan koʻrgan har qanday texnikani takrorlash va yodlash qobiliyati. Sharingan sohibi Nin-, Tai-, Genjutsularning har bir turini eslab qola oladi va bu texnikalarni oʻzlashtira oladi. Bunday koʻzlarning egasi yuqorida aytib oʻtilgan ikkinchi qobiliyat orqali hatto eng kichik mushak harakatlarini ham seza oladi va chakra oqimi qayerga va qancha yoʻnaltirilganligini bila oladi. Bu shuni anglatadiki, foydalanuvchi nafaqat texnikani mukammal nusxalashi, balki ularni oʻzgartirishi yoki hatto yaxshilashi mumkin. Kakashi Hatake Sharinganni bu xususiyatini shunchalik takomillashtirdiki, u butun dunyo boʻylab „Nusxalovchi Ninzya“ nomi bilan tanildi

• Sharingan egasi odatda Genjutsu deb ataladigan narsadan foydalanishi mumkin. Bu raqibni koʻz kontakti orqali fikrlariga va harakatlariga taʼsir qilish, falaj qilish, uxlatish yoki tanasini toʻliq boʻysundirib oʻzi istagan narsani qilishga majbur qilishi mumkin. Misol uchun Sharinganni qoʻshimcha 2 ta xususiyati bor. Ular: Izanagi — raqibga haqiqatni qisqa vaqt ichida buzib koʻrsatishga, uni illyuziyaga aylantirishga yordam beradi. Izanami esa raqibni cheksiz vaqt oraligʻiga tashlaydi

Naruto.fandom[1]

Wikipediya,Sharingan[2]

  1. „Sharingan“.
  2. Ju Gatsu Mikka. „Sharingan“ (2009-yil 20-sentyabr).