Kontent qismiga oʻtish

Shamxor jangi (1195)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shamkor jangi
Gruziya-Saljuq urushlarining bir qismi
Sanalar 1195-yil 1-iyun
Urush yeri Shemkir, Ozarbayjon
Natija Gruziya qirolligining gʻalabasi
Hududiy
oʻzgarishlar
Tbilisi, Kavkazortining katta qismi, Onadoʻli va Armanistonni ozod qilish
Raqiblar
Gruziya Gruziya qirolligi Eldegiziylar
Qoʻmondonlar
David Soslan Abu Bakr
Kuchlar
Nomaʼlum Juda katta
Yoʻqotishlar
Kam yoʻqotish Ogʻir yoʻqotish

Shamkor jangi1195-yil 1-iyunda Arranning Shamkor shahri yaqinida boʻlib oʻtgan. Bu jang Dovud Soslan boshchiligidagi Gruziya armiyasi tomonidan Eldegiziylar hukmdori Abu Bakr ustidan qozonilgan yirik gʻalabasi edi.

Jangdan oldin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jangning kelib chiqishi Eldegiziylar ichidagi sulolalararo fuqarolar urushi (1191-1195) vaqtiga toʻgʻri kelgan. Hokimiyat uchun kurashda gʻalaba qozongan Abu Bakr (1195-1210) ukasi Kutluk Inanchni oʻldirgan va yana bir oʻz ukasi Amir Mixranni Shirvanshoh hukmdori Axsitan I (1160-1196) saroyida asirga olishga majbur qilgan. Axsitan va Amir Mixran Gruziya qirolligining poytaxti Tbilisiga yoʻl olishgan va Shirvonning najotkori sifatida tanilgan qirolicha Tamaradan yordam soʻrashgan. Gruziya saroyida ularni kutib olishgan va kerakli yordamni berishgan. David Soslan boshchiligidagi Gruziya armiyasi Shirvon tomon harakatni boshlagan.

Abu Bakrni vassal musulmon amirlarining kuchlari qoʻllab-quvvatladilar va 1195-yil 1-iyun kunida u yaxshi himoyalangan Shamkor shahrida Gruziya qoʻshini qarshi kurashni boshladi. David Soslan shahar darvozalarini buzib oʻtish uchun nisbatan kichik qoʻshin yuborayotgan vaqtida Gruziyaning asosiy katta qoʻshiniga dushman orqasidan toʻplanishni buyurgan. Biroq, yomon yoʻllar va qiyin geografiya gruzinlarni sekinlashishga majbur etdi va Abu Bakr bir muncha vaqt shaharni himoya qilishni davom ettirdi. Shunga qaramay, David Soslanning harakatlari urush davomida hal qiluvchi ahamiyatga ega edi va Abu Bakr qoʻshini bir necha bor magʻlubiyatga uchradi. Shamkor shahri qamal qilindi va oxir-oqibat Shamkor gruzinlar tomonidan qoʻlga kiritildi. Gruzinlar keyinchalik yana Gruziya tomonidan egallanadigan Ganja shahriga dushmani quvib yuborishgan.

Jangdan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gruzinlar juda koʻp miqdordagi oʻlja va asirlarni qoʻlga kiritdilar, shu jumladan xalifa bayrogʻi ham egallangan va keyinchalik uni Xahuli monastiriga qirolicha Tamara hadya qilgan. Shamkorni qoʻlga kiritgandan soʻng, David Soslan Ganja tomon harakatlanadi va shaharga yetib borgach, ziyolilarlar, savdogarlar, qozilar va olimlar uni kutib olishadi. Ular shahar darvozalarini ochib, Sultonning saroyi eshigiga tilla naqshli gilam qoʻyganlar. David saroyga kirib, Sulton taxtiga oʻtirdi va majlisni chaqirdi, soʻngra ushbu baxtli kunga tayyorlangan festivalda qatnashdi. Shamkor va uning atrofidagi yerlar Shirvonshoh Amir Mixranning vassal maqomiga qaytdi. Abu Bakr ukasi Amir Mixronni zaharlaganidan keyin oʻz poytaxtiga qaytishga muvaffaq boʻldi[1].

  1. RAYFIELD, D. (2012). Edge of empires: a history of Georgia. London, Reaktion Books.