Kontent qismiga oʻtish

Shams Faqir

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Shamas Faqir yoki Shams Faqir[1] – kashmiriy soʻfiy shoiri boʼlgan. U tasavvufning Qodiriyya firqasiga mansub shaxs edi[iqtibos kerak].

Shams Faqir hayoti haqida yozuvlar mavjud boʼlmasa-da[2], Muhammad Sidiq Bhat 1843-yilda Chinkral Mohalla, Habba Kadal Srinagar, Kashmir shahrida kambagʻal oilada tugʻilgan degan maʼlumotlarni qabul qilamiz[3].Shams Faqir maktabda taʼlim olmagan, ammo kashmirlik soʻfiy shoiri Muhammad Naimdan taʼlim olgan. U (mahalliy Nyam-Saeb nomi bilan mashhur) shogirdi boʻlgan. Shams Faqir yana koʼplab ustozlarga shogird boʼlgan. Ular Souch Maliar, Barzulla Abdurahmon, Gulab Bogʻlik Atiq-Ulloh, Muhammad Jammal va Rasul Soiblar hisoblanadi[4].

25 yoshida Hindistonning Panjob viloyatidagi Amritsarga joʻnab ketdi va u yerda boshqa bir soʻfiy avliyo Rasul Shoh Hakih-Tasrga shogird boʻldi[5]. Amritsardan qaytganidan soʻng Kashmirning Anantnag shahrida yashay boshlagan va u yerda oila qurgan. Soʼfiy bir muncha vaqt Srinagardagi ota-bobolarining uyiga qaytib keldi, soʻngra Kashmirning Budgam tumanidagi Qozi Bagʻdagi gʻorda olti oy meditatsiya qildi. Shundan soʻng Braripora Krishporada yashagan[6].

Soʼfiyning koʻpgina sheʼrlari tasavvuf olamining asosiy negizini izlash mavzusiga bagʻishlangan. Shams Faqir sheʼrlarida oʻz davrining kashmiriy iborasi, shuningdek, fors, arab va sanskrit tilidagi soʻzlardan foydalanilgan[iqtibos kerak]. „Merajnoma“ sheʼri Muhammad paygʻambarning Xudoga boʻlgan ruhiy sayohatini hikoya qiladi.

Shams Faqir 1901-yilda vafot etgan va Krishpora Shamasobod Budgam Kashmirda dafn etilgan. Ikki oʻgʻili va bir qizi bor edi[7]. Shamas Faqirning nabiralari Shayx Pir Mehrojiddin (Aasi Shamas) va uning ukasi Shayx Pir Muhammad Altaf (Shayx Pir Gh Mohidin Sohib (RAH)ning oʻgʻillari) ham shu joyga dafn etilgan. Shayx Pir Mehrojiddin (aasi shamas) shoir (shayor) ham edi.

  1. HABIB. „A Life Consecrated: The Story of Shams Faqīr“ (en-US). Greater Kashmir (2023-yil 9-avgust). Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
  2. „Kashmiri Poets“. ikashmir.net. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
  3. HABIB. „A Life Consecrated: The Story of Shams Faqīr“ (en-US). Greater Kashmir (2023-yil 9-avgust). Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
  4. HABIB. „A Life Consecrated: The Story of Shams Faqīr“ (en-US). Greater Kashmir (2023-yil 9-avgust). Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
  5. HABIB. „A Life Consecrated: The Story of Shams Faqīr“ (en-US). Greater Kashmir (2023-yil 9-avgust). Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
  6. HABIB. „A Life Consecrated: The Story of Shams Faqīr“ (en-US). Greater Kashmir (2023-yil 9-avgust). Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
  7. Kashir Sufi Shayiree, Volume 1 Published by Jammu & Kashmir Academy Of Art Culture And Languages, Srinagar 1985 pages 460-461.