Kontent qismiga oʻtish

Shahzoda Eduard oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahzoda Eduard oroli
Geografiya
Maydoni 5620 km2
Dengiz sathidan balandligi m.
Eng baland nuqtasi Hunter River
Ma'muriyat
Davlat Kanada
Mintaqa Kanada
Demografiya
Aholisi 152 784[1] va 154 331[2]
Qo'shimcha ma'lumot

Shahzoda eduard oroli - Kanadaning sharqiy qismidagi provinsiya, San-Lavrentiy qoʻltigʻidagi shu nomli orolda. Maydoni 5,6 ming km². Aholisi 139,9 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi va asosiy porti — Sharlottaun shahri Eng baland joyi 137 m. Igna bargli va keng bargli oʻrmonlar bor. Shimoliy sohillarida milliy bogʻlar tashkil etilgan. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Kartoshka, shuningdek, sabzavot va mevalar, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilik rivojlangan. Aholi moʻynachilik bilan shugʻullanadi. Baliq ovlanadi. Oʻrmonchilik va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Turizm rivojlangan. Materik bilan temir yoʻl paromi orqali bogʻlangan.



  1. (unspecified title)Statistics Canada.
  2. (unspecified title)