Shahrixonsoy
Shahrixonsoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 120 |
Davlat | Qirgʻiziston |
Shahrixonsoy - Andijon va Fargʻona viloyatlaridagi magistral kanal. Kampirravot gidrouzelidan boshlanadi. 1887-yilda qurilgan. Uzunligi 120 km. Boshlanish qismida suv oʻtkazish imkoniyati 110 m³/s; Katta Fargʻona kanali bilan kesishgan joyida 30 m³/s. shahrida Asaka shahri yonida 2 elektr stansiya kanal suvi (40 m³/s) bilan ishlaydi. Kanaldagi suv 8 yirik gidrouzellar orqali taqsimlanadi. 1976-yildan rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Kanal sel, Oqbura va Aravon daryolaridagi toshqin hamda qishki tashlama suvlarni qabul qilishga xizmat qiladi, bu suvlar kanal orqali Asaka uzeligacha keladi. Trassaning 62 km da Sh. Aravonsoy daryosi bilan qoʻshilib ketadi va shu yerdan (Nayman rostlagichigacha) daryoning qadimiy oʻzanida oqadi. Janubiy Fargʻona kanali bilan birgalikda Andijon, Fargʻona viloyatlari va Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati (127,5 ming ga) yerlarini sugʻoradi. Andijon viloyatida Katta Fargʻona kanali bilan kesishgan joyigacha faqat shahrining oʻzidan 68 ming ga yer sugoriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |