Seysmogramma
Seysmogramma (seysmo... va ...gramma) — zilzila yoki portlash natijasida vujudga keladigan yer tebranishlari yoki silkinishlarini maxsus asbob (seysmograf)larda qayd etilgan yozuvi. Yer qimirlaganda (yoki portlash paytida) grunt zarralari siljiydi, bu siljishning tezligi va tezlanishi boʻladi. Siljishlar grafigi S, tezliklar yozuvi velosigramma, tezlanish yozuvlari esa akselerogramma deb ataladi. Zilzilani qayd etish muammolari bilan olimlar (mas, Xitoy olimi Chjin Xen, 78—139 yillar) milodning boshidan boshlab shugʻullangan, ammo tebranishlarni yozib olishning mukammal galvanometrik usuli 20-asrda yaratildi. Sdan foydalanib zilzilaning kuchi (ball) va energiyasi (magnituda)ni aniklash mumkin. S. asosida seysmik toʻlqinlar tarqalgan muhitning tuzilishi haqida maʼlumotlar olinadi.
Zilzila (yoki portlash) manbaidan 3 xil: boʻylama, koʻndalang va sirtki toʻlqinlar tarqaladi. Seysmik toʻlkinlar birbiridan xususiyatlari va tarqalish tezligi bilan farq qiladi. Boʻylama toʻlqinlarning tarqalish tezligi katta (~ 8 km/s) boʻlganligi sababli, Yer toʻlqinlar darakchi rolini oʻynab, keyingi toʻlqinlarning kelishidan ogohlantiradi (rayemda S.ning boshlangʻich qismi). Koʻndalang toʻlqinlarning tarqalish tezligi (~ 5 km/s) kichikroq boʻlganligi sababli, seysmostyaga kechroq yetib keladi. Bu toʻlqinlarning tebranish amplitudalari va tezlanishi katta boʻladi, shu sababli bino va inshootlar uchun koʻndalang toʻlqinlar xavfli hisoblanadi (S.ning oʻrta qismi). Sirtki toʻlqinlarning tezligi avvalgilarinikidan kichikroqboʻladi (S.ning oxirlari). S. yordamida turli seysmik toʻlqinlarning kuzatilayotgan punktga kelgan vaqti, zilzila paydo boʻlgan vaqt, zilzila oʻchogʻi va kuchi aniklanadi. S. zilzila (yoki portlash) natijasida toʻlqinlar tarqalgan muhitning tuzilishini aks ettiradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |