Sesuqi oxundi kalon madrasasi
Qiyofa
Madrasa | |
Sesuqi oxundi kalon madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Sesuqi oxundi kalon madrasasi shu nomli guzarda joylashgan. Ushbu madrasa Oxundi kalon yoki Oxundi so‘fi ismli zot tomonidan qurilgan. Nosiriddin Hanafiy: „Xalifa Xudoydod So‘fixoja oxundning otasi domulla Omonullaxoja Oxund yoniga dafn etilgan“, — deyiladi. So‘fixoja oxund va Oxundi so‘fi bitta shaxs bo‘lishi kerak. Demak, u XVIII — XIX asrda yashagan. Bemor talabalar ro‘yxatida Sesuqi madrasasida Ismoil Buxoriy va mulla Qamariddin rishta xastaligiga chalingani qayd etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 407.