Serpopard
Serpopard (serpard) — afsonaviy hayvon nomi. Baʼzi zamonaviy tadqiqotchilar uni sher (yoki leopard) jussali va ilon boʻyinli afsonaviy hayvon sifatida tasvirlashadi. Qadimgi Misr, Mesopotamiya va Elamit osori-atiqalaridagi tasvirlardan maʼlum. Bu atama asl matnlarda qoʻllanilmagan va uning talqini faqat soʻnggi paytlarda ishlatilmoqda.
Serpopard tasviri Qadimgi Misrning sulolaviy davridan oldingi davriga xos kosmetik va madaniy palitralarini bezatilishiga xosdir. Tasvir shuningdek, Mesopotamiyadagi Uruk davrida (miloddan avvalgi 3500-3000-yillar) silindrli muhrlarni loyihalashda keng qoʻllangan.
Umuman, hayvonni mushuksimonlar oilasi vakili sifatida tasniflash mumkin. U mushuk dumi, tanasi va dumaloq quloqli boshiga xos xususiyatlariga ega. Serpopard ilonning oʻzigagina xos boʻlgan, masalan, til yoki bosh shakliga ega emas. Boshqa qadimgi xalqlar singari, misrliklar ham oʻzlari kuzatgan mavjudotlarni aniq tasvirlash qobiliyati bilan mashhur edilar. Ular xudolarni tasvirlash uchun chizgan kompozitsion suratlardagi tasvirni shakllantirishda foydalanilgan hayvonlarning xususiyatlari yaxshi tanilgan.
Tasvirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu jonzotlarning ikki tomonlama — samoviy va mahalliy oʻziga xoslik tabiati — palitralarda ularning shakli-shamoyilini ilonsimon boʻyinlarini oʻzaro oʻrash orqali hosil qilingan halqa shaklida joylashtirish orqali namoyon boʻladi. Tasvirning ambivalentligi, ayniqsa, Narmer palitrasidagi tasvirda yaxshi koʻrinadi. Narmer palitrasida bir-biriga bogʻlangan boʻyinli serpardlar Yuqori va Quyi Misrning birlashishini anglatishi mumkin, deb ishoniladi.
Arslon Yuqori va Quyi Misrning diniy eʼtiqodlarida muhim rol oʻynagan va qirollik sulolasini himoya qilish bilan bogʻliq hayvon sifatida taqdim etilgan. Kechki sulolaoldi davrga xos yozma manbalarda Raning sevimli qizi boʻlgan, Sexmet, Tefnut, Vajit, Maat, Raning koʻzi singari turli nomlar bilan ataluvchi sher qiyofasidagi maʼbuda tasviri uchraydi.
Serpopardlarning uzun boʻyni shunchaki odatiy mubolagʻa, yaʼni badiiy motiv dizaynining oʻziga xos xususiyati boʻlishi mumkin[1].
Serpopardni zauropod bilan bir hayvon sifatida aks ettiruvchi boshqa qiziqarli fikrlar ham mavjud[2].
Mesopotamiyada ushbu „ilon boʻyinli sherlar“ va boshqa duragay hayvonlardan foydalanish mifologiyaning xtonik jihatini namoyon qilish edi. Koʻpgina dinlar va mifologiyalarda uchraydigan xtonik yirtqich hayvonlar dastlab Yerning yovvoyi tabiiy kuchini, yer osti saltanati va boshqalar borligini aks ettirgan mavjudotlardir. Bunday hayoliy hayvonlarni tasvirlash Elam sivilizatsiyasi va boshqa koʻplab qadimiy madaniyatlar merosidan ham maʼlum[3].
Serpopardlarning tasviri sehrli himoya taxtachalari va pichoqlarida ham uchraydi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Henri Frankfort, The Art And Architecture Of The Ancient Orient, Yale University Press 1996, p.37
- ↑ Ancient Dinosaur Depictions(Drevnie izobrajali dinozavrov)
- ↑ Michael Rice, Egyptʼs Making: The Origins of Ancient Egypt, 5000-2000 BC, Routledge 2003, p.68
- ↑ „Серпард“. 2013-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Serpopard haqida Vikipediyaning qardosh loyihalarida koʻproq bilib oling | |
Maʼno va tarjimalari Vikilugʻatda | |
Media fayllar Vikiomborda | |
Taʼlim resurslari Vikiversitetda | |
Xabarlar Vikiyangiliklarda | |
Iqtibos, maqol va matallar Vikiiqtibosda | |
Asarlar matnlari Vikimanbada | |
Kitob va darsliklar Vikikitobda |
- Fantastik sarguzasht romani — Рик Риордан „Красная пирамида“, . Наследники богов. М.: Эксмо, 2011. ISBN 978-5-699-48226-9.