Kontent qismiga oʻtish

Serhat Mustafo Qilich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Serhat Kılıç
Tavalludi
Serhat Mustafa Kılıç

8-iyul 1975
Vafoti 8-iyul 1975-yil (1975-07-08) (49 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Akytor, Teleradio boshlovchi
Faoliyat yillari 1992-yildan hozirgacha

Serhat Mustafa Kılıç (1975-yil 8-iyulda tugʻilgan) — turk aktyori va teleradio boshlovchisi sifatida faoliyat koʻrsatgan.

Yoshligi va karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yilda Kılıç toliq qoplab beriladigan stipendiya bilan Bilkent universiteti musiqa va sahna sanʼati fakultetining teatr boʻlimiga oʻqishga kirdi. 1998-yilda ushbu maktabni imtiyozli diplom bilan tugatgan[1]. Uning sahnadagi ilk professional roli 1998-yilda Anqara sanʼat teatrida Ariel Dorfmanning „Bevalar“ pyesasi rejissyori Rutkay Aziz tomonidan ishlangan. 1999-2000-yillarda Diyarbakir davlat teatrida ishlagan[2]. Xuddi shu yillarda Diyarbakir shahar teatrlarida aktyorlik saboqlari bergan va shu muassasada "Barish Adasi" spektaklini boshqargan. 2002-yilda majburiy xizmatini yakunlash uchun Erzurum davlat teatriga aktyor sifatida tayinlangan. 2005-yilda Hacettepe universiteti Anqara davlat konservatoriyasida magistraturani tamomlagan va Erzurum Otaturk universiteti Tasviriy sanʼat fakulteti teatr boʻlimida oʻqituvchi sifatida dars berishni boshlagan[3]. 2008-yilda Davlat teatrlaridagi lavozimidan boʻshab, Istanbulda oʻqishni davom ettira boshladi. U Istanbulda ishlagan joylar orasida Tiyatro Dot va BKM bor. 2009-2010-yilgi mavsumda "Generalna proba samoubstiva" spektakli bilan Istanbul shahar teatrlariga qoʻshildi. Istanbul shahar teatrlarida 3 mavsum yopiq kassa sifatida sahnaga chiqdi. Kılıç 14-Afife Teatrida Yilning eng muvaffaqiyatli musiqali va komediyali erkak aktyori nominatsiyasida toʻrt xil personajni tasvirlagan ushbu spektakldagi ijrosi uchun mukofotlanadi[4]. 2012-yilda esa u Cats & Dogs (Soho Istanbul) nomli prodyuserlik kompaniyasiga asos soladi. 2014-yil noyabr oyida aktyorlik, yozish, raqs va vokal taʼlimi boʻyicha darslar beruvchi Serhat Kılıç maktabiga asos soldi[5].

“Seksenler” davri komediyasida Ergun obrazini olti fasl davomida ijro etgan va keyinchalik Nuri Bilge Ceylan Jeylan rejissyorligida Kann kinofestivalida gʻolib boʻlgan Qish uyqusi (film) filmida Imom Hamdi obrazini tasvirlagan. Bu filmdagi ijrosi bilan u 47-SİYAD mukofotida eng yaxshi yordamchi erkak aktyor mukofotiga nomzod boʻldi[6]. U Xalqaro Emmi mukofotlariga nomzod boʻlgan "Söz" harbiy serialida rol oʻynagan[7]. va Serhat Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafa Kemal Atatürkning hayotiga asoslangan “Veda” filmida Salih Bozok va Hukmdor Usmon Usmon I hayotidan" serialida Koʻse Mihal rolini oʻynagan[8][9].

U "Xatirla Sevgili" serialida rol oʻynagan va u yana "Benim Annem Bir Melek" mashhur komediyasida ozarbayjon qahramoni sifatida ishtirok etdi keyinchalik u „Janob Hiiragining uy xonasi“ filmining adaptatsiyasi boʻlgan „Öğretmen“ yoshlik jinoyati serialida rol ham oʻynagan[10]. va „Ezel“, „Yol Arkadaşim“, „Maraşli“, „Bizim Evin Halleri“ kabi mashhur seriallarda suratga tushgan. Uning veb-seriyasi Şeref Bey va Avjida.

U „Chember“ detektiv filmida va Baskın Karabasan, Nokta, Robinson va Cuma, Mavzer, Topal Shukranʼın Maceralari, Cenazemize Hoş Geldiniz, Yol Arkadaşim kabi koʻplab filmlarda rol oʻynagan.

20-Sadri Alishik teatr va kino mukofotlari — Tanlov komissiyasining maxsus mukofoti (Kish Uykusu)