Sergey Eyzenshteyn
Sergey Mixaylovich Eyzenshteyn [1898.10(22).1, Riga 1948.11.2, Moskva] — rus kinorej., kino nazariyotchisi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan sanʼatarbobi (1935). Sanʼatshunoslik doktori (1939), professor (1937). Sovet va chet el kino sanʼati rivojiga taʼsir koʻrsatgan. Faoliyatini Proletkult teatrida boshlagan (1921—24). Kino faoliyatini esa 1924-yildan boshlab, 1925-yil "Ish tashlash" nomli birinchi filmini yaratgan. "Potyomkin Bronenosetsi" filmi (1925) unga shuhrat keltiradi va bu film jahon kinematografiyasi rivojida katta rol oʻynadi. Keyinchalik "Eskilik va yangilik", "Aleksandr Nevskiy", "Ivan Grozniy", "Yashasin, Meksika!" kabi filmlar yaratdi. Katta Fargʻona kanali qurilishini koʻrib, shu haqsa badiiy filmni suratga olmoqchi boʻlgan (P.Pavlenko ssenariysi asosida). Kino nazariyasi va tarixiga oid asarlar yaratgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |