Serera
Qiyofa
1 Serera (belgisi: ;[1] lot. Ceres) — kichik sayyora, asteroid; 1801-yilda J. Piatssi tomonidan kashf etgan. Serera kichik sayyoralar ichida eng kattasi boʻlib, diametri 770 km, oʻrtacha koʻrinma yulduz kattaligi 7,5. Quyosh atrofini 4,6 yilda bir marta toʻliq aylanib chiqadi. Sereraning Quyosh atrofidagi orbitasi Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida joylashgan. Serera orbitasining katta yarim oʻqi, yaʼni uning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,77 astronomii birlikka teng. Serera orbita tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi /=10°,61, ekssentriteti ye=0,076. Hamma kichik sayyoralar singari serera ham aniq geometrik shaklga ega boʻlmagan qattiq jism boʻlib, oʻz atmosferasiga ega emas.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ JPL/NASA. „What is a Dwarf Planet?“. Jet Propulsion Laboratory (2015-yil 22-aprel). Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.