Serblar
Serblar (oʻzlarini srbi deb atashadi) — xalq. Serbiya va Chernogoriyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 10,16 mln. kishi, jumladan, Serbiyada 6,7 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). Serbxorvat tilida soʻzlashadi. Etnogeneziga koʻra, xorvatlarga yaqin. Ularning ajdodlari mil. 6—7-asrlarda Bolqon yarim orolga kelib illiriy va frakiy aholi bilan aralashgan jan. slavyan kabilalaridir. Serblar 12-asrda xalq sifatida shakllangan. Serbiya 14-asr oxirida turklar tomonidan bosib olingach, koʻpchilik Serblar mamlakat shim.ga koʻchib keta boshlagan. 1878-yilda Serbiya toʻla mustaqilikka erishgan. Dindorlari — pravoslavlar, katolik va protestantlar, sunn i y musulmonlar ham bor. Serblar dehqonchilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, chorvachilik, baliq ovlash, hunarmandchilik va ovchilik bilan shugʻullanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |