Serbiya bayrogʻi
Serbiya bayrogʻi | |
---|---|
serbcha: Državna zastava | |
Subyekt | Serbiya |
Tasdiqlangan sanasi | 1882 |
Mutanosibligi | 2:3 |
Dizayni | qizil, koʻk va oq ranglarni aks ettirgan gorizontal trikolor |
Boshqa variatsiyalari | |
Mutanosibligi | 2:3 |
Serbiya milliy bayrogʻi (shuningdek, Uchrangli bayroq ham deyiladi; serbcha: Državna zastava) — Serbiya Respublikasining davlat ramzlaridan biri. Bayroq tuzilishi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi matodan tashkil topgan boʻlib, gorizontal holatdagi bir xil oʻlchamdagi qizil, koʻk va oq kabi uch xil rangdan iborat. Ushbu bayroq 19-asrdan buyon Serbiya davlati va serb millatining bayrogʻi sifatida ishlatilinib kelinmoqda. Bayroqning hozirgi shakli 2004-yilda qabul qilinib, 2010-yilda biroz oʻzgartirilgan[1].
Bayroq dizayni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bayroqdagi toʻliq ranglar va belgilar Vizantiya bayrogʻidan olingan.
Bayroq 2:3 nisbatda boʻlib, 3 ta teng gorizontal qizil, koʻk va oq ranglarlardan iborat[2]. Ranglar sxemasi quyidagicha[3]:
Ranglar sxemasi | Qizil | Binafsha rang | Koʻk | Oq | Sariq | Qora |
---|---|---|---|---|---|---|
Pantone | 1797C | 704C | 541C | White | 143C | Black |
CMYK | 0-73-69-22 | 0-90-70-30 | 90-46-0-53 | 0-0-0-0 | 4-24-95-0 | 0-0-0-100 |
RGB | 199-54-61 | 161-45-46 | 12-64-119 | 255-255-255 | 237-185-45 | 0-0-0 |
Hexadecimal | #C7363D | #A12D2E | #0C4077 | #FFFFFF | #EDB92E | #000000 |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta asr bayroqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stefan Uroš bayrogʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vengriya qiroli Bena IV chet el hukmdorlarini qabul qilganida Bela IV saroyi oldida soʻnggi qirol Urošning bayrogʻini oʻrnatgan[4].
Stefan Dečanski bayrogʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1326-yilda qirol Stefan Dečanski Iskandariyadagi Mamluklar sultonligiga urush boshlaydi[5]. Vizantiyaliklarning taʼkidlashicha, Velbajd jangida serblar tomonidan koʻtarilgan bir nechta urush bayroqlari boʻlgan va asosan bayroqlarning rangi sariq boʻlgan[4].
Stefan Dušan bayrogʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Serbiya qirolligini 1339-yilda boshqargan Stefan Dušan oʻz bayrogʻini ishlab chiqqan[6]. Bayroqda ikki qizil boshli burgut tasvirlangan boʻlib, bayroqning rangi oq boʻlgan. Keyinchalik bayroqning yuqori va quyi qismlarining rangi qizil, markazining rangi esa oq rangga almashtirildi.
-
Xaritadagi qadimgi Serbiya bayrogʻi.
-
Stefan Dušan bayrogʻi
-
Stefan Dušanning shaxsiy bayrogʻi
Zamonaviy bayroqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1835-yil qabul qilingan konstitutsiyaga muvofiq, serbiya bayrogʻining asosini qizil va oq ranglar tashkil qiladi[7][8]. Bayroq Rossiya tomonidan tanqid qilinib kelinadi, buni asosiy sababi esa bayroqning Fransiyaning inqilobiy bayrogʻiga oʻxshashidir[9]. Keyinchalik Miloš Obrenović yangi konstitutsiyada ranglarni aniq qilib belgilashni taklif qildi va bayroqning yuqori qismiga oʻzgartirishlar kiritildi[10]. Hozirgi Serbiya bayrogʻining ranglari Rossiya bayrogʻiga oʻxshash, ammo bir xil emas. Rossiy bayrogʻi, Serbiya bayrogʻidagi ranglarning teskarisidir. Buni tushuntirish uchun turli hikoyalar mavjud:
Karadorje davrida Serbiya delegatsiyasi yordam soʻrab Rossiyaga borgan va kelganidan keyin bayramda qatnashishi kerak boʻlgan. Ulardan nega tadbirda ishtirok etmayotganlarini so‘rashganida, ular shoshib kirib, Rossiya bayrog‘ini teskari tartibda koʻtarishgan. Shunday qilib, fuqarolar Serbiya bayrogʻini oʻziga xos xususiyatlari borligini anglashgan.
1835-yildan 1918-yilgacha Serbiya davlati Xorvatlar va Sloveniya qirolligiga qoʻshilishganida ham oʻzining qizil, koʻk va oq rangli bayroqlarini ishlatishgan. 1918-yilda Vashingtondagi Oq uy tepasiga AQShning Serbiyaga birdamlik belgisi sifatida Serbiya bayrogʻi koʻtarilgan[11][12][13][14].
Ikkinchi jahon urushidan keyin Yugoslaviya oltita respublikadan tashkil topgan sotsialistik federativ respublikaga aylantirildi, ulardan biri Serbiya edi. Har bir respublika o'z bayrogʻiga ega bo'lish huquqiga ega edi, biroq unda sotsialistik qizil yulduz boʻlishi shart edi[15]. Yugoslaviya parchalanganidan keyin Serbiya dastlab Yugoslaviya Respublikasi tarkibidagi hudud sifatida Serbiya bayrogʻidan foydalanishni davom ettirdi[16]. 1992-yilda Serbiya konstitutsiyaviy referendumida saylovchilardan yulduzli yoki yulduzsiz bayroqni tanlashni hal qilishlari kerak edi. Ovoz beruvchilarning koʻpchiligi qizil yulduzli bayroqni tanlashdi. Shunga qaramay, 1992-yilda Serbiya parlamenti tavsiyasiga koʻra qizil yulduz bayroqdan olib tashlandi[15][17] .
Serbiya bayrogʻi, millati serb boʻlganlar orasida mashhur boʻlib, Bosniya va Gersegovinada ham davlat bayrogʻidan koʻra Serbiya bayrogʻini afzal koʻrishadi[18].
|
Protokol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat bayrogʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat binolarining kirish joylarida doimiy ravishda davlat bayrogʻi hilpirab turadi[7][20]. Voyvodina, Kosovo va Metoxiya provinsiyalarining muassasalari uni faqat milliy bayramlarda oʻrnatishadi[21]. Shuningdek, u Serbiya uchun muhim voqealarni nishonlaydigan bayramlar va boshqa tantanali tadbirlar paytida va boshqa holatlarda oʻrnatiladi[22]. Motam paytida esa, bayroq ustunning yarim qismiga tushiriladi[23]. Saylov paytida har bir saylov uchastkalarda bayroq oʻrnatilgan boʻlishi shart.[24][25].
Fuqarolik bayrogʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Serbiyaning fuqarolik bayrogʻi doimiy ravishda Milliy assambleya, viloyat organlari va davlat xizmatlari markazlarining kirish qismida hilpirab turadi[26].
-
Prezident shtandarti
-
Serbiya milliy assembleyasi bayrogʻi
Bayroqqa hurmat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat bayrog‘i ham, fuqarolik bayrog‘i ham yerga tegadigan qilib ko‘tarilishi mumkin emas. Ular shikastlangan yoki foydalanishga yaroqsiz boʻlsa, ishlatilmasligi kerak[27][28].
Yomon ob-havo sharoitida bayroq koʻtarilmaydi. Kechki payti esa, bayroq atrofi yoritiladi[29].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Serbiya bayrogʻi
-
Chernogoriya qirolligi bayrogʻi
-
Chernogoriya qirolligi bayrogʻi(1905-1918)
-
Serbiya Krajina bayrogʻi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Grb Srbije: Dvoglavi orao menja perje" (in Serbian)
- ↑ Препорука о коришћењу грба, заставе и химне Србије (Wayback Machine saytida 2009-11-03 sanasida arxivlangan) (in Serbian)
- ↑ „Standards of Flag and Coat of Arms, Parliament of Serbia“. (871 KiB) (in Serbian)
- ↑ 4,0 4,1 Stanojević 1934, s. 79.
- ↑ Kostić 1960, s. 16 , Stanojević 1934, s. 79
- ↑ Stanojević 1934, ss. 79–80.
- ↑ 7,0 7,1 Republic of Serbia 2009, article 30
- ↑ „Глава друга. Боя и Грбъ Сербіє“, {{{title}}} (sr). Kragujevac: Princedom of Serbia, 1835. COBISS.SR-ID 150291719. Qaraldi: 2011-yil 18-iyun. „3.) Боя народна Србска єстъ отворено-црвена, бѣла и челикасто-угасита.“
- ↑ Mih. Gavrilovic, Suspendovanje prvog srpskog ustava februar-mart 1835 god., Arhiv za pravne i drustvene nauke, I, 1906, 410–412
- ↑ D. Matic, Javno pravo Knjazevstva Srbije, Beograd, 1851, 33
- ↑ „The Day when the Serbian and U.S. Flags Flew Together over the White House“. 2020-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-mart.
- ↑ „Amerikanci se dive Srbima: "Zbog jednog od vas, na Beloj kući je pre 100 godina bila srpska zastava" (VIDEO)“ (2018-yil 22-iyul).
- ↑ „SRPSKA ZASTAVA VIJORILA SE NA BELOJ KUĆI PRE TAČNO 100 GODINA: Evo kako je došlo do ovog istorijskog događaja“.
- ↑ @USEmbassySerbia. „Zahvaljujući jednom od vas pre sto...“ (2018-yil 22-iyul).
- ↑ 15,0 15,1 Branislav Ž. Vešović: Yugoslavia during the Second World War (Wayback Machine saytida 2012-02-17 sanasida arxivlangan)
- ↑ 1990 Constitution of Serbia, Article 133
- ↑ Recommendation on the use of the Flag of Serbia ("Official Gazette of Serbia", No. 49/1992.)
- ↑ „Bosnia's 'Foreign' Flag Still Draws Mixed Feelings“. www.balkaninsight.com (2017).
- ↑ „Srbija i dalje sa dva grba“ (serbian).
- ↑ Srpska pravoslavna crkva. Законодавство Српске православне цркве. Издавачко и Књижарско Предузеће Г. Кон, 1939 — 21-bet. „Застава Српске православне Цркве је тро- бојка: црвено-плаво-бело, са златним крстом и огњилима.“
- ↑ Republic of Serbia 2009, article 20
- ↑ Republic of Serbia 2009, article 24
- ↑ Republic of Serbia 2009, article 23
- ↑ Republic of Serbia 2009, article 22
- ↑ Family Law, article 299
- ↑ Republic of Serbia 2009, article 28
- ↑ Republic of Serbia 2009, article 33
- ↑ Republic of Serbia 2009, article 6
- ↑ Republic of Serbia 2009, article 32
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/>
tag was found