Sekin qaynatgich
Sekin qaynatgich (shuningdek, „asta qaynatgich“, „uzoq qaynatgich“, „oʻzi qaynatgich“, „boʻtqa qaynatgich“) — taomlarni nisbatan past haroratda dimlab pishirish uchun moʻljallangan dasturlashtiriladigan elektr isitish bilan jihozlangan korpusga oʻrnatilgan keramik qalin devorli kastryulya. Rus pechkasi singari, isitish nafaqat pastdan, balki kastryulyaning yon tomonlaridan ham amalga oshiriladi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lela Nargi, sekin qaynatgich gʻoyasi qadim zamonlardan beri maʼlum boʻlgan loviya tayyorlash uchun xurmachadan kelib chiqadi. Yangi Angliyada XVIII asrdan boshlab loviya bir kechaga pechkada qoldirilar edi; loviyalarni sekin tayyorlash ularga qoʻshimchalar iforini (masalan, bekon yoki melassa kabi) shimdirish imkonini beradi, Tayyor boʻlgan taom bizning zamonamizga „Boston loviyalari“ ostida yetib kelgan.
Pazandalik tarixchisi V.V.Pohlyobkin sekin qaynatgichning kelib chiqishini rus pechkasidagi xurmachaga olib borib taqaydi.
Xurmachani birinchi marta elektrik isitish bilan jihozlashning aniq holatlari nomaʼlum. 1936-yil Chikagolik ixtirochi Irving Nakson variantlardan birini patentladi va uni „Naxon Beanery All-Purpose Cooker“ nomi bilan ishlab chiqarishga urindi. Bu urinish muvaffaqqiyatsizlikka uchradi, ammo „The Naxon Utilities Corporation“ kompaniyasi „Rayvel“ kompaniyasi tomonidan sotib olingan, bu kompaniya esa 1971-yilda tezda „Crock-Pot“ brendi ostida mashhur boʻlgan sekin qaynatgichni yaratgan. 1974-yilda alohida keramik rezervuarli zamonaviy konstruksiya paydo boʻlgan, bu esa qurilmani yuvishni osonlashtirgan.
SSSRda 1980-yillarda „Parenka“ sekin qaynatgichi M.I.Kalinin nomidagi Sverdlovsk Mashinasozlik zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan, foydalanish boʻyicha qoʻllanma Pohlebkin tomonidan yozilgan va hozirgacha sekin qaynatgichlar boʻyicha qoʻllanma sifatida ishlatiladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- A (Brief) History of the Slow Cooker. // Lela Nargi. The Farmer's Wife Slow Cooker Cookbook. MBI Publishing Company, 2009. С. 11-15.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Elena Makarova. Elektr pishirgich sinovi: qaysi mo''jizaviy qozondan tushlik yaxshiroq?. // Imtihon va testlar.