Seitnebi Abduramanov
Seitnebi Abduramanov | |
---|---|
Tavalludi | 15-fevral 1914-yil |
Vafoti |
15-dekabr 1987-yil (73 yoshda) Namangan shahri, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Qoʻshin turlari | artilleriya |
Xizmatdagi yillari | 1941—1945 |
Unvoni | katta serjant |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Mukofotlari | |
Bolalari | Nariman va Mustafa Abduramanovlar |
Seitnebi Abduramanov (qrim tatarcha: Seitnebi Abduramanov, Сеитнеби Абдураманов; 1914-yil 15-fevral, Buyuk Qaralez qishlogʻi, Bogʻchasaroy tumani, Qrim — 1987-yil 15-dekabr, Namangan shahri, Oʻzbekiston SSR) — uchala darajadagi „Shuhrat“ ordeni sohibi, 1232-oʻqchi polki vzvod komandiri yordamchisi (1-Belorus fronti, 69-armiya, 370-oʻqchi diviziyasi), katta serjant[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Seitnebi Abduramanov 1914-yil 15-fevral Qrimdagi Bogʻchasaroy tumani, Buyuk Qaralez qishlogʻi dehqon oilasida tavallud topgan[1][2]. Millat qrim tatar. 1936-yilda harbiy xizmatga safarbar qilingan. Harbiy xizmatni oʻtab boʻlgach, tuman moliya boʻlimi inspektori sifatida faoliyat yuritgan. 1941-yilda qayta harbiy xizmatga safarbar etilib, Qizil armiyaning kichik komandirlarni tayyorlash maktabiga joʻnatiladi[2]. 1941-yil iyundan urushda ishtirok eta boshlaydi[2]. Bu paytda Abduramanov Novograd-Volinsk (Ukrainadagi Jitomir viloyati) shahridagi artilleriya qismida harbiy xizmatni oʻtayotgandi. Janubiy-gʻarbiy frontda, Stalingrad yaqinidagi jangda qurshovda qolishi tufayli bir necha marta kontuziya va jarohatlar olgan[3]. 1944-yil 20-oktyabr Polshadagi harbiy harakatlar payti, yaʼni kunduzgi vaqtda Abduramanov dushman haqida qimmatli maʼlumotga ega boʻlgan josusni asirga oladi[3][4]. Bu jasorati uchun III darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlanadi. 1945-yil yanvarda Germaniyadagi janglarda koʻrsatgan mardligi uchun II darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlangan. 1945-yil aprelda Zelxov va Lipa aholi punktlaridagi jangda koʻrsatgan qahramonliklari uchun I darajali „Shuhrat“ ordeniga tavsiya etiladi. Urush yakunlangach, oilasi bilan Oʻzbekistonga koʻchirtirib yuboriladi[1]. 1946-yil 15-mayda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan I darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlanadi. Shu tufayli uchala darajadagi „Shuhrat“ ordeni sohibi aylanadi, ammo bu haqida yigirma besh yil oʻtib, xabardor boʻlgan. Namangan shahrida yashagan. Uzrempriborning Andijon zavodida ishlagan[1]. Abduramanovning 2 nafar Nariman va Mustafa Abduramanovlar ismli oʻgʻillari boʻlgan[3].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abduramanov 1987-yil 15-dekabr kuni Namangan shahrida vafot etgan[2][4][5]. Shahardagi qabristonlarning biriga dafn etilgan[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- I darajali Vatan urushi ordeni;
- Qizil Yulduz ordeni[3];
- uchala darajadagi „Shuhrat“ ordeni;
- „Jasurlik uchun“ medali;
- „Varshavani ozod qilgani uchun“ medali;
- „Berlinni egallagani uchun“ medali;
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali;
- „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi“ medali;
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali;
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali;
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali;
- Mehnat fahriysi medali;
- „SSSR Qurolli kuchlariga 50 yil“ yubiley medali;
- „SSSR Qurolli kuchlariga 60 yil“ yubiley medali.
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]Seitnebi Abduramanov xotirasiga oʻzi tavallud topgan qishlogʻida 2017-yili xotira yodgorligi oʻrnatilgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Sergey Kargapoltsev. „Aburamanov Seit Nebi“ (rus tilida). 2023-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Abduramanov Seyt-Nebi“ (rus tilida). 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Nariman Iskandarov. „Trijdi oveyanniy soldatskoy Slavoy razvedchik“ (rus tilida) (2020-yil 16-may). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ 4,0 4,1 „Seit Nebi Abduramanov“ (rus tilida). 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ „Taʼziyanoma“. 2021-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ „Lenur Abduramanov: Seit-Nebi Abduramanov yavlyayetsya primerom mujestva i xrabrosti dlya budushix pokoleniy“ (rus tilida) (2017-yil 15-dekabr). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- 15-fevralda tugʻilganlar
- 1914-yilda tugʻilganlar
- 15-dekabrda vafot etganlar
- 1987-yilda vafot etganlar
- Katta serjantlar (SSSR)
- 1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Shuhrat ordeni bilan mukofotlanganlar
- Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar
- Varshavani ozod qilganlik uchun medali sohiblari
- Berlinni ozod qilganlik uchun medali sohiblari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari
- Mehnat faxriysi medali sohiblari
- SSSR Qurolli Kuchlarining 50 yilligi yubiley medali sohiblari
- SSSR Qurolli Kuchlarining 60 yilligi yubiley medali sohiblari
- Namanganda vafot etganlar
- Namanganda dafn etilganlar