Schaffhausen
Schaffhausen – Shveysariya shimolida joylashgan tarixiy munisipalitet va shu nomdagi kantonning poytaxti hisoblanadi. 2016-yil Dekabr holatiga koʻra 36000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Neuhausen am Rheinfall, Neunkirch va Stein am Rhein kabi shaharlar bilan Rhine daryosi boʻyida, High Rhine irmogʻi qirgʻogʻida joylashgan.
Shaharda tashqi freskalar va haykallar bilan bezatilgan Uygʻonish davrining koʻplab goʻzal binolari, shuningdek, eski kanton qal’asi Munot joylashgan. Schaffhausen, shuningdek, Shveysariya-Germaniya temir yoʻl tarmogʻining tutashuvida joylashgan boʻlib, temir yoʻl liniyalaridan biri orqali Yevropaning eng katta sharsharasi boʻlmish Rhine Falls bilan bogʻlangan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Schaffhausen Oʻrta asrlarda shahar-davlat maqomiga ega boʻlgan va oʻz tangalarini 1045-yildan boshlab zarb ettirgani haqida bir qancha tarixiy dalillar mavjud[1].
Topografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Schaffhausen shahri Rhine daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Ushbu hududning qariyb 53.4% qismini oʻrmonlar tashkil qiladi va 20.2% qismidan qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladi. Qolgan qismning 24,8 foizi aholi punktlari (binolar yoki avtomobil yoʻllari), 1,6 foizi esa unumsiz yerlardir. 1979, 2004 – yillar orasida oʻtroq yerlar miqdori 95 gektargaga oshgan, qishloq xoʻjaligi yerlari esa 117 gektarga kamaygan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Schaffhausen (town)" Encyclopædia Britannica 24 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 312
- ↑ Swiss Federal Statistical Office – Regional portraits accessed 27 October 2016