Sayram koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirzo Ulugʻbek |
Uzunligi | 1.5 km |
Koʻchada joylashgan binolar |
„Boʻz“ dehqon bozori „Svetlana“ sumermarketi Diplomat International School |
Sayram koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek tumanining Ahmad Yassaviy va „Sayram“ mahallalari hududida. Buyuk ipak yoʻli maydoni va Ziyolilar koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 1,5 km atrofida.
XX asrning 1-yarmida tashkil topgan. Dastlab Bulvar (Bulvarniy) nomi bilan yuritilgan. 1958-yil 25-fevralda Komsomol 40 yilligi nomi berilgan. 1996-yil 5-sentabrdan Sayram nomi bilan yuritiladi[1].
Yoʻnalishida "Boʻz" dehqon bozori, British School of Tashkent, Xitoy elchixonasining savdo va iqtisodiyot masalalari boʻyicha vakolatxonasi, xalq banki shoxobchasi, „Kapitalbank“ filiali, „Svetlana“ sumermarketi, dorixona, savdo shoxobchalari, 20-oilaviy poliklinika, „Oʻzbekenergo“ davlat-aksiyadorlik kompaniyasi shifoxonasi, shaxsiy va koʻp qavatli turar joy binolari joylashgan. Qalandar va Yassi koʻchalari bilan tutashgan. Tarkibida 6 ta tor koʻcha va 3 ta berk koʻcha bor. Yakinida „Oʻzpaxtamash“ korxonasi, UzTest (Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi) korxonasi, harbiy gospital, rassomlar uyi, bogʻcha, umumiy taʼlim, xususiy taʼlim (Diplomat International School[2]) va musiqa maktabi bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.
- ↑ „O‘zsanoatqurilishbank tomonidan «Diplomat international school» xususiy maktabiga press-tur tashkil etildi“.