Sayfiy Buxoriy
Sayfiy Buxoriy, Mavlono Sayfiy, Sayfiy Aruziy Buxoriy (14-asr 2-yarmida — Buxoro — 1503) — shoir, adabiyotshunos olim. Buxoro va Hirot madrasalarida tahsil olgan. Sulton Husayn Boyqaro Xuroson hukmdori boʻlgach, 15-asr 70y.larida Hirotga borgan va u yerdagi adabiy muhitda nom qozongan. "Sanoyeʼ ulbadoyeʼ" nomli kitobi Hirotda shuhrat qozongan boʻlib, undagi yuz gʻazalning har biri bitta kasb va sanʼat sohasiga bagʻishlangan.
S.B.ning 2 ta devoni hamda "Risolai aruz" va "Risolai musiqiy" asarlari mavjud. 1-risolada sheʼr va shoirlik, aruz qonunqoidalari, bahri va doiralari anchayin sodda va ravon til hamda uslubda tadqiq etilgan. U oʻz gʻazallarida dehqonlar va kasb-hunar egalarini madh etgan.
S.B. Movarounnaxrga qaytgach (1487), bir necha muddat Samarqand hokimi Boysunqur Mirzoga murabbiylik qilgan. 1498-yilda u Buxoroga kaytgan va shu yerda vafot etgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alisher Navoiy, Majolis unnafois [Mukammal asarlar toʻplami, 20 j.li], 13j., T, 1997;
- Bobur 3. M., Boburnoma, T., 2002;
- Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T, 1993.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |