Kontent qismiga oʻtish

Sava (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sava

Sava — Gʻarbiy Yevropadagi dare, Dunay daryosining eng sersuv oʻng irmogʻi. Uzunligi 940 km, havzasining maydoni 95 ming km². Alp togʻlaridan boshlanib, oʻrta va quyi oqimida Oʻrta Dunay tekisligidan oqadi. Yirik irmoklari: Kupa, Una, Drina va boshqa, asosan, Dinara togʻligidan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 1670 m³/sek. Quyilish joyidan 600 km masofada kema qatnaydi. S. vodiysida Lyublyana, Zagreb sh.lari, quyilish yerida Belgrad sh. joylashgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil