Kontent qismiga oʻtish

Sattor Yarashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sattor Yarashev (1915.26.2, Vobkent tumani — 1991.13.2, Toshkent) — xonanda (lirikdramatik tenor), sozanda (tanbur), Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Toʻla, nihoyatda kuchli, chiroyli va taʼsirchan ovoz sohibi. Ijrochilik uslubi opera xonandaligi hamda milliy ashulachilik anʼanalarining uygʻunlashuviga asoslangan. Moskvadagi Oʻzbek opera studiyasi (1952), Toshkent konservatoriyasi (1972)ni tugatgan. Ashulachilik va tanbur ijrochiligini E. Kurbonovdan, keyinchalik mumtoz ashula yoʻllarini Yu.Rajabiy, O.Nuriddinovlardan oʻrgangan. Vobkent tuman kz—sz teatri artisti (1934-yildan) va direktori (1938—40), Buxoro teatri (1940—43), Yangiyoʻl teatri (1943—44), "Toshsovet" nomli teatr (1944—47) artisti. Bu davrda oʻzbek musiqali dramalarida Tohir ("Tohir va Zuhra"; T. Jalilov), Mu qanna ("Muqanna"; Yu. Rajabiy va G. Mushel), Farhod ("Farhod va Shirin"; Yu. Rajabiy va boshqaNadejdin) va boshqalar obrazlarni yaratgan. 1952— 70 yillarda Navoiy teatrida yakkaxon xonanda boʻlgan, 1967-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida dars bergan. Uning isteʼdodi, ayniqsa, Qays ("Layli va Majnun", T. Sodiqov, R.Glier), Choʻponali ("Maysaraning ishi", S.Yudakov), Moniy, Furqat ("Dilorom", "Shoir qalbi", M. Ashrafiy), Yoʻlchi ("Zulmatdan ziyo", R. Hamroyev), Ravshan ("Koʻr oʻgʻli", U.Hojibekov) va boshqalar partiyalarda namoyon boʻlgan. Konsert repertuaridan maqom yoʻllari va mumtoz ashulalar ("Ushshoq", "Dugoh", "Segoh", "Feruz", "Miskin"), bastakorlar asarlari ("Qonga botsin", J. Sultonov va boshqalar), oʻzbek kompozitorlari asarlari ("Jon Oʻzbekiston", S.Yudakov; "Vatan", M.Burhonov; "Paxtakorlarga", D.Zokirov) oʻrin olgan. Ya. ijodiga bagʻishlangan videofilm va telefilm (1989) suratga olingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil