Sassiq tumov
Sassiq tumov, ozena - burun boʻshligʻining surunkali kasalligi. St., odatda, burun chigʻanoqlari shilliq pardasi va suyak skeletining juda yupqalashib ketishi (atrofiya) va burun shilliq pardasidan ajralib, tezda qaloqqa aylanuvchi badboʻy quyuq shilimshiqchiqishi bilan kechadi. (qarang Burun). Bunda burundan nafas olish qiyinlashadi, burun va tomoq qichiydi, yoʻtal paydo boʻladi, hid bilish pasayadi yoki butunlay yoʻqoladi. Atrofiya koʻz yoshi — burun kanali shilliq pardasiga ham tarqalgani uchun koʻz yoshi xaltachasiga infeksiya kirib, dakriotsistit yuzaga keladi; Yevstaxiy nayi shilliq pardasiga oʻtganda esa otit (qarang Qulots) roʻy beradi, jarayon hiqildoq va traxeyaga (qarang Nafas) tarqalganda ovoz xirillab chiqib, nafas olish qiyinlashadi. Kasallik koʻpincha bolalar va oʻsmirlarda uchraydi. Bemor, albatta, vrachga murojaat qilishi shart.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |