Saskachevan
Saskachevan — Kanadaning markaziy qismidagi provinsiya. Maydoni 651 ming km². Ahrlisi 1,01 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Rijayna sh. S. hududining aksari qismi Lavrentiy qirlarida, jan. esa Buyuk tekisliklarda joylashgan. Eng katta daryosi — Saskachevan. Shim.sharqi igna bargli oʻrmonlar, jan.gʻarbi oʻrmondasht va dashtdan iborat. Mamlakatdagi qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning 1/3 qismi Saskachevan Kx.da eksport uchun bugʻdoy yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi; parrandachilik rivojlangan. Kaliy tuzlari, neft, geliy, mis, uran rudalari qazib olinadi. Ozik,ovqat, kimyo, neftni qayta ishlash, kora metallurgiya, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati korxonalari bor. S. orkali TransKanada temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, neft va gaz quvurlari oʻtgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |