Sara Forsberg
Sara Forsberg | |
---|---|
Forsberg 2016-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Sara Maria Forsberg 2-may 1994-yil Jakobstad, Finlandiya |
Fuqaroligi | Finlandiya |
Janr | |
Faoliyat yillari | 2014 — hozirgacha |
Veb-sayt | http://www.helloimsaara.com |
Sara Maria Forsberg (talaffuzi: Sara Mariya Forsberg; 1994-yil 2-mayda tugʻilgan), professional sifatida SAARA (yoki Smo, Smoukahontas, Smokahontas) taxallusi bilan tanilgan, fin qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavisi, YouTuberi va teleboshlovchisidir. Qoʻshiqchi sifatida Forsberg 2014-yilda Capitol Records bilan shartnoma imzoladi va 2015-yil aprel oyida oʻzining „Ur Cool“ debyut singlini chiqardi. Qoʻshiq Finlandiyada hitga aylandi. Forsberg 2016-yil boshida Capitol va uning prodyuseri bilan kelishmovchiliklardan keyin ketdi[1]. Shundan keyin Universal Music Group bilan hamkorlikda mustaqil xonanda sifatida qoʻshiq chiqarishni davom ettirdi. 2017-yil noyabr holatiga koʻra uning YouTube kanali milliondan ortiq obunachi va 100 milliondan ortiq tomoshaga ega[2].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Forsberg 1994-yil 2-mayda Finlandiyaning Jakobstad shahrida tugʻilgan. Uning otasi Shvetsiyada tugʻilgan[3][4][5]. Forsberg oʻzida DNK testini oʻtkazgan. Testning natijalari: 63,8% - Finlandiya, 28,7% - Skandinaviya, 5,5% - Markaziy Amerika va 2,0% - Sharqiy Yevropa[6]. Uning ona tili fin tilidir, garchi u hayotining dastlabki olti yilida asosan ingliz tilida gapirgan. Ota-onasining Baptist missionerlari sifatidagi faoliyati tufayli u bolaligida tez-tez davlatdan davlatga koʻchib oʻtdi, besh yil Texasda, bir yil Buyuk Britaniyada yashadi[7][8][9][10]. Forsberg bir necha yil Jakobstaddagi musiqa akademiyasida oʻqidi va keyinchalik qoʻshiqchilik faoliyatini boshlashdan oldin oshpazlikni oʻrgandi[11].
Ommaviy axborot vositalarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Forsberg BBC Radio[12], Yle[13] va Sweden TVga intervyu berdi. Intervyuda u The Ellen DeGeneres Show prodyuseri u bilan bogʻlanganligini tasdiqladi[8]. 2014-yil 7-aprelda taxminan 180 soniya davomida Forsberg shu shouda mehmon boʻldi[14].
Boshqa loyihalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Forsberg 2015-yil may oyida oʻzining yangi kiyim-kechak liniyasi boʻlmish FRSBRGʼni eʼlon qildi va uni Finlandiya tomoshabinlariga oʻz mamlakatidan bir qator taniqli shaxslar bilan reklama qildi[15][16].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hello I'm Saara (2016)
- Almost Acoustic (2018)
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nom | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2014 | The Ellen DeGeneres Show | Oʻzi | |
Sara Goes LA | Oʻzi | Realiti-shou | |
2014, 2015 | Posse | Oʻzi | Tolk-shou (1-, 2-mavsum) |
2016 | Talent Suomi | Oʻzi | Judge (5-mavsum) |
Skiptrace | Natalya | Film | |
Star Trek Beyond | Kalara (ovoz bergan) | Film | |
2017 | Kaikki Vastaan 1 | Oʻzi | Boshlovchi (1-mavsum, 10 ta qism) |
2017-2018 | Remotely Funny | Oʻzi | Boshlovchi (35 ta qism) |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sara Forsberg jätti monikansallisen levy-yhtiönsä – inhosi ainoaa julkaisemaansa biisiä“ (fincha). Iltalehti.
- ↑ „SAARA“. YouTube. Qaraldi: 11-noyabr 2017-yil.
- ↑ „WHAT ETHNICITY AM I? (Taking a DNA test)“. Sara Forsberg (5-iyun 2018-yil). — „I'm only 63.8% Finnish? Well, actually, no, that makes sense because most of my dad's family is originally from Sweden.“.
- ↑ „Hon blev Youtubekändis över en natt“ (shvedcha). Vasabladet (7-mart 2014-yil). „Båda hennes föräldrar är finskspråkiga, även om pappan är född i Sverige. [Both her parents are Finnish-speaking, even though her father was born in Sweden.]“.
- ↑ „Äidin ääni saa minut rauhoittumaan (mother´s voice makes me peaceful)“ (fincha). Kodin Kuvalehti (11-iyul 2016-yil).
- ↑ Määttä. „Sara Forsberg teki DNA-testin - syy kauniisti ruskettuneeseen ihoon selvisi“ (fincha). Iltalehti (6-iyun 2018-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Kielinainen Sara Forsberg: "Sain itsevarmuutta, kun laihdutin 17 kiloa"“ (fincha). Me Naiset (20-mart 2014-yil).
- ↑ 8,0 8,1 Ellen DeGeneres wants the Finnish woman as her guest, YLE, Finland, 14 March 2014.
- ↑ „Kaikki haluavat Sara Marian“. Helsingin Sanomat (15-mart 2014-yil).
- ↑ „HELLO IM SAARA“. YouTube.
- ↑ „Official website“. helloimsaara.com. Saara.
- ↑ Interview on BBC Radio, 12 March 2014.
- ↑ Interview (Wayback Machine saytida 2014-10-21 sanasida arxivlangan) on Finnish public radio Yle, 14 March 2014.
- ↑ Sara Maria Forsberg (Smoukahontas) on Ellen DeGeneres Show YouTubeda
- ↑ „SAARA keräsi joukon tunnettuja näyttelijöitä mainostamaan vaatemallistoaan“ (fincha).
- ↑ „SAARA on Instagram: "our web shop is opening in Novemburrrr!! whos excited to get their own #FRSBRG sweatpants?? 😍 Also, this shot is crazyyy. 📷 @dennywdfl"“. Instagram.com. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.