Kontent qismiga oʻtish

Sapoteklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sapoteklar — Meksikaning Oahaqi shtatida yashovchi indeys xalqi. 350 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Sapotek tilida soʻzlashadi. Amerika katta mongoloid irqiga mansub. Dindorlari — katoliklar. S.ning Monte — Alban sh. Meksikaning qad. madaniy markazi hisoblangan. S. madaniyati Meksika tarixida eng qad. hisoblanadi (mil. av. 4-asr — mil. 16-asrning boshlari). 150 ga yaqin 4 kamerali daxmalar, saroylar, ehromlar, juda koʻp devoriy yozuvlar, rasadxona, 120 qatorli ulkan amfiteatr, 40 m kenglikdagi tosh zina, toʻp oʻynash uchun moʻljallangan stadion va boshqa ochilgan. Mishteklar sardori kabridan katta miqdorda noyob tilla zargarlik buyumlari topilgan. S, asosan, qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, chorvachilik, baliq ovlash bilan shugʻullanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil