Sapargul Avezova
Qiyofa
Sapargul Avezova (1927.7.7, Xalqobod) – Qoraqalpogʻiston (1957) va Oʻzbekiston (1967) xalq artisti. 1945-yildan Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida aktrisa. Asosiy rollari: Komila Shokirovna („Birinchi muhabbat“), Parshagul („Suymaganga suykanma“), Xadicha („Sarvqomat dil-barim“), Erita („Gerostatning nomi oʻchsin“), Xumor („Berdaq“), Qorasoch („Shubha“), Jannat xola („Qaynona“), Tangabika („Oy tutilgan tunda“), Far-monbibi („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Xumor ona („Ernazar Olakoʻz“) va boshqa A. ijodining qamrovi keng, maishiy dramatik, oʻtkir harakterli komediya janridagi rollarni meʼyoriga yetkazib ijro qiladi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1980).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |