Kontent qismiga oʻtish

Sanitariya gigiyena va kasb kasalliklari instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqotlar muassasasi. 1934-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Dastlab Sanitariya ilmiy tadqiqotlar instituta deb nomlangan. 1940-yilda Mexnat gigiyenasi va kasb kasalliklari institutiga aylantiriddi. 1956-yildan hozirgi nomda. Institutda 4 ilmiy boʻlim, 12 laboratoriya, 100 oʻrinli klinik kasalxona, dispanser boʻlimi, aspirantura, vivariy, kutubxona bor (2004).

Institut xodimlaridan 35 kishi fan doktori, professor, 171 kishi fan nomzodi, jumladan, 1 kishi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (T.I. Iskandarov), 1 kishi (III. T. Otaboyev) Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati, 2 kishi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach.

Institut xodimlari tomonidan issiq iqlim sharoitida tashqi muhitni zararli omillardan muhofaza qilish, tashqi muhitning ifloslanish darajasini oldindan bashorat etish, q.x va sanoat korxonalarida mehnat sharoiti hamda rejimini yaxshilash, kasalliklarni kamaytirish, bolalar va oʻsmirlar sogʻligini saqlash va mustahkamlash, ovqatlanishning gigiyenik asoslarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalar ustida tadqiqot olib boriladi. Institut monografiya, darslik, uslubiy qoʻllanmalar va ilmiy ishlar toʻplami nashr etadi.[1]