Sandeep Unnikrishnan
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Sandeep Unnikrishnan (1977-yil 15-mart – 2008-yil 28-noyabr) Hindiston armiyasi ofitseri, Milliy xavfsizlik gvardiyasining 51-maxsus guruhida xizmat qilgan. U 2008-yil noyabrida Mumbaydagi hujumlar paytida halok boʻlgan[1]. Mayor Sandeep Unnikrishnan koʻrsatgan jasorati uchun 2009-yil 26-yanvarda – Ashoka Chakra mukofoti bilan taqdirlangan[2].
Sandeep Unnikrishnan Bangalorda malayali oilasida dunyoga kelgan. Ular Kerala shtatining Kojikode shahridan koʻchib kelgan[3][4]. U isteʼfodagi zobit K. Unnikrishnan[5][6] va Dhanalakshmi Unnikrishnanning yolgʻiz farzandi edi[7][8].
Sandeep Bangalorda Frank Antoni jamoat maktabida tahsil olgan[9], 1995-yilda ISC Science fakultetini tamomlagan[10] U bolaligidanoq qurolli kuchlar qoʻshinida hizmat qilishni orzu qilgan[11]. Turmush oʻrtogʻining ismi Nexa boʻlgan[12].
Harbiy unvoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yil 12-iyunda u IMA akademiyasini tugatdi va Hindiston armiyasi Bihar polkining 7-batalyonida leytenant lavozimiga tayinlandi[13].
Qora Tornado operatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil 26-noyabrga oʻtar kechasi Janubiy Mumbaydagi bir nechta binolarga hujum uyushtirildi[14]. Garovga olinganlar saqlanadigan binolardan biri 100 yillik tarixga ega Toj Mahal mehmonxonasi edi. Mayor Sandeep Unnikrishnan garovga olinganlarni qutqarish uchun mehmonxonaga joylashtirilgan 51-maxsus guruhining qoʻmondoni edi. U 10 nafar askarlari bilan mehmonxonaga kirib, zinapoya orqali oltinchi qavatga yetib keladi va oltinchi va beshinchi qavatlardagi garovga olinganlar evakuatsiya qilinadi[15][16]. Unnikrishnan va uning jamoasi taxminan 15 soat davomida mehmonxonadan garovga olinganlarni evakuatsiya qilishni davom ettirdi. 27-noyabr kuni yarim tunda Mayor Sandeep Unnikrishnan va uning jamoasi mehmonxonaning markaziy zinapoyasi orqali yuqoriga koʻtarilishga qaror qilishdi, chunki bu ularning garovga olinganlar va terrorchilarga olib boradigan yagona yoʻli edi. U keyingi qavatga qochishga urinayotgan terrorchilarni yolgʻiz oʻzi yengishga qaror qildi. Keyingi toʻqnashuvda u toʻrt nafar terrorchini Toj Mahal mehmonxonasining shimoliy chekkasidagi Ball zalida otib tashlaydi, lekin bu yoʻlda oʻz hayotini qurbon qildi[17][18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2 NSG men martyred, six others injured in Mumbai gunbattles“. The Economic times. PTI (2008-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2008-yil 28-noyabr.
- ↑ „11 security personnel to get Ashok Chakra“. 2009-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-yanvar.
- ↑ „Biopic of Major Sandeep Unnikrishnan is all set to release this year, know all about the braveheart of India“.
- ↑ „Army Major from Kerala dies in Mumbai encounter“. WebIndia 123 (2008-yil 28-noyabr). 2012-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-noyabr.
- ↑ „Kerala aid for Maj Sandeep's family“.
- ↑ „'He asked me to watch the operation on TV'“.
- ↑ „Boy who had a crew cut in school“. The Telegraph (2008-yil 29-noyabr). 2008-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Major Sandeep Unnikrishnan AC“.
- ↑ „Bangalore boy's supreme sacrifice“. Bangalore Mirror, India Times. Qaraldi: 2008-yil 29-noyabr.
- ↑ „Maj Sandeep UnniKrishnan - A school remembers“. Times of India. Qaraldi: 2008-yil 29-noyabr.
- ↑ „A school remembers“. The Times of India. Times of India (2008-yil 29-noyabr). 2012-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-noyabr.
- ↑ Lulla, Anil Budur. „Thousands take first & last look at martyr“. Telegraph India. The Telegraph (India) (2008-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
- ↑ „Part I-Section 4: Ministry of Defence (Army Branch)“. The Gazette of India (2000-yil 13-may), s. 625.
- ↑ Levy, Adrian. The Siege : The Attack on the Taj (English). New Delhi, India: Penguin Books, 2013 — clxxxviii-bet. ISBN 978-0-14-342010-1.
- ↑ „A buddy called Major Unnikrishnan“. Sify. 2009-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-dekabr.
- ↑ „sify.com“. Sify. 2009-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-dekabr.
- ↑ „Sandeep Unnikrishnan waged a valiant battle against terrorists“. The Hindu (2008-yil 29-noyabr). 2008-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-noyabr.
- ↑ Nation bids adieu to ATS chief, NSG commando – India News – IBNLive