Kontent qismiga oʻtish

Samoa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Samoa tilidan yoʻnaltirildi)
Samoa Mustaqil Davlati
Malo Saʻoloto Tutoʻatasi o Sāmoa
ShiorFa'avae i le Atua Samoa
(Samoa: Samoa is founded on God)
Madhiya: The Banner of Freedom
Location of Samoa
Poytaxt Apia
Rasmiy til(lar) Samoacha
Hukumat Konstitutsion Rohiblik
Malietoa Tanumafili II
Naomi Mataʻafa
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi Yangi Zelandiya ma'muriyatidan)
• Sana
1-yanvar 1962
Maydon
• Butun
2,944 km2 (175-oʻrin)
• Suv (%)
0.3
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
177,287 (189-oʻrin)
• Zichlik 60/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$1,000 mil. (192-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$5,641
Pul birligi Tala (WST)
Vaqt mintaqasi UTC+13
• Yoz (DST)
UTC+14
Qisqartma WS
Telefon prefiksi 685
Internet domeni .ws

Samoa, Samoa mustaqil davlati (The Independent State of Samoa) — Tinch okeanning janubi-gʻarbiy qismida, Polineziyada joylashgan davlat. Samoa arxipelagining gʻarbiy qismi— Savayi, Upolu, Apolima, Manono, Fanuatanu, Namua, Nuutele, Nuulua va Nuusafeye orollarini egallaydi. Maydoni 2,8 ming km². Aholisi 178,6 ming kishi (2002). Poytaxti — Apia shahar. Maʼmuriy jihatdan 14 okrugga(district) boʻlinadi. Yangi Zelandiya lozim bo'lganda harbiy yordam ko'rsatish kafolatlagan.[1]

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samoa — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 1-yanvarda qabul qilingan, unga 1997-yil tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — 1963-yildan yoʻlboshchi Maliyetoa Tanumafili II, konstitutsiyaga binoan, qabilalarning boshliqlari tomonidan umrbod saylangan, uning vafotidan keyin davlat boshligʻi Qonun chiqaruvchi assambleya tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Fono (Qonun chiqaruvchi assambleya), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Orollar vulkan otilishi natijasida vujudga kelgan togʻlik boʻlib, asosan, bazaltdan iborat. Eng baland joyi 1858 m (Savayi o.dagi Silisili togʻi). Qirgʻoklari baland va qoyali. Iklimi subekvatorial va tropik, passatli, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 25—27°. Nam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Yillik yogʻin 2000– 4000 mm; kuchli boʻronlar boʻlib turadi. Oqar suvlari yoʻq. Samoada 600 ga yaqin oʻsimlik turi boʻlib, ularning 25% endemik. Hayvonot dunyosida sut emizuvchilar kam, qush koʻp.

Aholisining 98% samoalar, qolganlari — Okeaniyaning boshqa orollaridan koʻchib kelganlar va qisman yevropaliklarning avlodlari. Rasmiy tillar — samoa va ingliz tillari. Shahar aholisi 21%. Dindorlarning 80% protestant; katoliklar ham bor.

Samoa hududida qadimdan polineziyaliklar yashab kelgan. 18-asrdan yevropaliklar bu yerga kela boshlagan. 1899-yil Samoani Germaniya, 1914-yil Yangi Zelandiya bosib oldi. 1920-yillarda tashkil etilgan "May" vatanparvarlik tashkiloti mustamlakachilarga qarshi kurashga rahbarlik qildi. 1962-yil 1-yanvardan Samoa mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1970-yil Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka qoʻshildi. Mamlakat 1997-yilgacha Gʻarbiy Samoa deb ataldi. Samoa 1976-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami —1-iyun — Mustaqillik kun i (1962), obhavo sharoiti noqulay boʻlgani uchun 1-yanvardan 1-iyunga koʻchirilgan.

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samoa liberal partiyasi, 1994-yil asos solingan; Inson huquklarini himoya qilish partiyasi, 1979-yil tuzilgan; S. milliy taraqqiyot partiyasi, 1985-yilda Xristiandemokratik partiya nomi bilan tashkil etilgan, 1988-yildan hozirgi nomda. Mamlakatda bir qancha tarmoq kasaba uyushmalari faoliyat yuritadi.

Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi (plantatsiya dehqonchiligi) tashkil etadi. Mamlakat hududining 32% ishlanadi, 66% ga yaqini oʻrmon. Eksport uchun banan, kokos palmasi, kakao yetishtiriladi. Mahalliy ehtiyoj uchun batat, yams, makkajoʻxori, sholi, taro, apelsin va ananas ekiladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Oʻrmonda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati qandolatchilik va mebel fabrikalari, kiyimkechak, ggoyabzal, kokos yogʻi va sovun ishlab chiqarish, yogʻochsozlik va kofe tuyish korxonalaridan iborat. Avtomobil ehtiyot qismlari zavodi mavjud. Avtomobil yoʻllari uzunligi salkam 800 km. Apia shahrida dengiz porti va xalqaro aeroport bor. Chetga kopra, kakao, banan chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari, benzin, transport vositalari keltiradi. Asosan, Yangi Zelandiya, AQSH va Avstraliya bilan savdo qiladi. Sayyoxlik rivojlangan. Pul birligi — tala (Samoa dollari).

Samoada davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy va missionerlik oʻquv yurtlari ham bor. 6 yillik boshlangʻich maktabda darslar ingliz va samoa tillarida, 6 yillik oʻrta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Apia shahrida 2 universitet, qishloq xoʻjalik va. pedagogika kollejlari, rasadxona, xalq kutubxonasi bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Savali" (hukumatga qarashli oylik nashr, 1904-yildan samoa va ingliz tillarida chikadi), "Samoa nyus" ("Samoa yangiliklari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1994-yildan), "Samoa observer" ("Samoa kuzatuvchisi", samoa va ingliz tillarida haftasiga 5 marta chiqadigan gaz., 1979-yildan), "Samoa uikli" ("Samoa haftasi", ingliz tilida chiqadigan haftanoma, 1977-yildan). Mamlakatda axborot agentligi yoʻq. Samoa radioeshittirish xizmati hukumatga qarashli tijorat mahkamasi boʻlib, 1948-yil tashkil etilgan. Samoa televizion korporatsiyasi hukumat qaramogʻida, 1993-yil tashkil etilgan.

Mahalliy aholi sohil yaqinidagi 400 qishlokda, choʻziqroq doira shaklidagi fale deb ataluvchi anʼanaviy chaylalarda yashaydi. Devorsiz chaylalar yogʻoch qoziqlar ustiga qurilib, tomiga kokos yoki pandanus yaprogʻi yopiladi. Yevropaliklar Apia shahrida istiqomat qiladi. Shahar markazida 1—2 qavatli yevropacha uylar qurilgan, ularning tepasida cherkov qoʻngʻirokxonalari qad koʻtargan. Bu yerda mehmonxonalar, mayda korxonalar, xorijiy kompaniyalarning idoralari, shuningdek, hukumat muassasalari joylashgan.[2]

  1. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR, 2013-10-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-10-23
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil