Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi
Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi | |
---|---|
Asos solingan sana | 1981-yil dekabr |
Joylashuvi | Oʻzbekiston, Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Abdurahmon Jome koʻchasi, 51-uy |
Keluvchilar soni | 7 511 (2021-yil) |
Sayt | https://samarkandmuseum.uz/ |
39°39′12.88393″N 66°57′14.17630″E / 39.6535788694°N 66.9539378611°E
Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi[1] - Samarqanddagi tarixiy profilli muzey boʻlib, mahalliy oʻlkaning qadim zamonlardan 20-asr boshlarigacha boʻlgan tarixiga bagʻishlangan. 1982-yildan Samarqand davlat birlashgan tarixiy meʼmorlik va badiiy muzey - qoʻriqxonasi (hozirda Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi) tarkibiga kiritilgan.
Muzey binosi haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzey 1981-yil dekabr oyida[2] Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi toʻplamlari negizida birinchi gildiya savdogari Abram Kalantaroga tegishli boʻlgan me'mor E.O.Nelle loyihasi bo'yicha 1902-yildan 1916-yilgacha tarixiy uslubda qurilgan tarixiy binoda ochilgan[3]. Hovlida 1902—1916-yillar davomida beshta bino qad koʻtargan.
Binoning interyeri har doim tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uygʻotadi. Binoni bezashda tajribali hunarmandlar – Usta Kamol, Usta Sodiq, Usta Hofiz va boshqalar qatnashgan[4]. Saroyning qurilishi uchun 130 ming oltin rubldan koʻproq mablagʻ sarflangan. Bugungi kunda saroy haqli ravishda 20-asr boshidagi me'moriy yodgorlik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Yorqin rang-barang zal – mehmonxona boshqa xonalar singari oʻzining asl bezaklarini saqlab qolgan.
Ekspozitsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzeyda tarix, tabiat va mintaqadagi yahudiylar ekspozitsiyasilari faoliyat koʻrsatmoqda.
Bino ichidagi barcha xonalar ketma-ketlikda joylashgan boʻlib, enfiladani hosil qiladi.
Mehmonxona va ayrim xonalar asl holida saqlangan. Mehmonxona chiroyli va xilma-xil ranglar bilan bezatilgan. Shift choʻp ustida oʻymakorlik bilan bezatilgan va moyli boʻyoqlar bilan boʻyalgan, devorlarga ganch ustida oʻymakorlik "pardoz" uslubida ishlangan, ganchdan yasalgan panjaralar bilan birga rang-barang shishali vitrajlar oʻzgacha husn bagʻishlaydi. Mehmonxonaga nafis, yaltiroq billur qandil osilgan.
Binoni qishda isitish uchun 7 ta sirli sopol bezakli “kamin” pechlar oʻrnatilgan, ularning bezaklari xonalarga alohida chiroy bagʻishlagan.
Binoning birinchi qavatiga oʻlkamizning turli hududlaridan topilgan qadimdan to XX asrning boshigacha hikoya qiluvchi ashyolar namoyish etilgan boʻlib, mintaqaning o'ziga xos tarixi, mintaqa xalqlarining urf-odatlari va marosimlari, ibtidoiy madaniyat, Oʻrta Osiyoning eng qadimgi davlatlaridan biri boʻlgan Sogʻdning shakllanishi, erta, rivojlangan va kech oʻrta asrlarning moddiy madaniyati yodgorliklari, an'anaviy milliy madaniyat bilan tanishtiradi.
Mehmonxonada 18-asr oxiri va 19-asr boshlariga oid "ampir" uslubidagi mebellar koʻrgazmaga qoʻyilgan. Ayrim mutaxassislarning farazlariga koʻra, mebel imperator Napoleonga tegishli boʻlishi mumkin va imperator Aleksandr I tomonidan Sankt-Peterburgga olib kelinib saroy amaldorlaridan biriga sovgʻa qilingan.
Muzeyning 2-qavatida joylashgan tabiat ekspozitsiyasida viloyat hayvonot va oʻsimlik dunyosi, shu jumladan, "Qizil kitob"ga kiritilgan yoʻqolib borayotgan hayvonlar va qushlar tulumlari, oʻsimlik turlari va gerbariylar ham namoyish qilinmoqda.
Ayni paytda muzeyda xalqaro Joint tashkiloti koʻmagida tashkil etilgan "oʻtmishdagi va hozirgi mintaqadagi yahudiylar" koʻrgazmasi faoliyat koʻrsatmoqda. Eksponatlar Yahudiyon kvartalining tarixi, mintaqa yahudiylarining hayoti, urf-odatlari, marosimlari haqida hikoya qiladi.
Bugungi kunda muzey ekspozitsiyasida 2000 dan ortiq eksponatlar mavjud.
Muzey ekspozitsiyasidan galleriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Садыкова Н. Музейное дело в Узбекистане. Изд. «Фан». Ташкент, 1975 год.
- Юсупов М. С. 50-летие Самаркандского музея. 1896—1946 г. Самарканд, 1948 год.
- Иваницкий И. Первый музей в Самарканде. Материалы Узбекского Итальянского проекта «Между прошлым и будущим», 2002 год.
- Жукова С. Самаркандские портреты. Восток свыше № 3 за 2016 год.
- Архивные материалы: ЦГА Республики Узбекистан, ф.394, оп 1 д 5 л 7.
- Из архива Самаркандского Государственного музея-заповедника Ф141. оп 5.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Хакбердиева З. Краеведческому музею 40 лет! // STV. 2021. 29 декабря..
- ↑ Жукова С. Самаркандская резиденция российского императора // samtur.uz. 2018. 21 декабря..
- ↑ Муминов И. М. История Самарканда: С древнейших времен до Великой Октябрьской социалистической революции. 1969. C. 349..