Kontent qismiga oʻtish

Samarqand choy qadoqlash fabrikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Samarqand choy qadoqlash fabrikasi — eng toʻngʻich sanoat korxonalaridan biri. Oʻzbekiston yogʻmoy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibida faoliyat koʻrsatadi. Davlat korxonasi. fabrika 1923-yilda tashkil etilgan. U paytda choy 200 g li qilib, qoʻlda qadoqlangan. 1938-yilda fabrikaning yangi binosi ishga tushirilgan, Ikkinchi jahon urushi davrida kengaytirilgan. 1950—60 yillarda yiliga 12—15 ming t choy ishlab chikarilgan. 1980—90 yillarda qoʻshimcha zamonaviy choy qadoqlash uskunalari oʻrnatilib, yillik choy i.ch. quvvati 28—30 ming t ga yetkazildi.

1996-yilda korxonada Hindistonda ishlab chiqarilgan texnologik uskunalar oʻrnatilib, choy qadoklashda yangi rangli polimer plyonkalardan foydalanish joriy etildi. Fabrikada qadoqlanayotgan choy mahsulotlari va yordamchi mahsulotlar, asosan, Hindiston va Xitoydan keltiriladi. Mahsulotlar mamlakatimiz ichki bozorida sotiladi. 2002-yilda 2238 t qadoqlangan choy ishlab chikarildi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil