Sam Sunderland
Sam Sunderland | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Angliya |
Tavallud sanasi |
15-aprel 1989-yil Angliya |
Sam Sunderland — (1989-yil 15-aprelda Pulda tug‘ilgan) Dubayda istiqomat qiluvchi britaniyalik ralli reyd mototsikl haydovchisi bo‘lib, 2017-yil va 2022-yillarda g‘alaba qozongan Dakar rallisida ishtiroki bilan tarixga kirgan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sunderland 2010-yil va 2011-yillarda BAA Milliy Baja chempionatida gʻalaba qozonganidan soʻng 2012-yilda Honda avtomobilini boshqarib, Dakardagi debyutini oʻtkazgan[2]. U elektr nosozligi sababli uchinchi bosqichda musobaqadan chiqishga majbur boʻlgan va keyingi yili musobaqa oldidan sinovda ikkala bilagini sindirib, musobaqalarda qatnasha olmagan[3].
2014-yilda Honda jamoasi uchun Sunderland 1998-yilda Jon Dikondan beri Dakar bosqichida g‘olib chiqqan birinchi britaniyalik poygachi bo‘lgan, u ikkinchi bosqichda g‘alaba qozonib, umumiy tasnifda uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan, faqat dvigatel ishdan chiqishi natiasida poygalardan chiqib ketishiga majbur boʻlgan[4]. Oʻsha yilning oxirida Abu-Dabi choʻl tanlovining ikki bosqichida ham gʻalaba qozonib, Marokash rallisida ikkinchi oʻrinni egallagan, shundan soʻng KTM jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Sam 2015-yilda Marokash rallisida g‘alaba qozongan va 2016-yilda Qatar rallisida g‘alaba qozongan. U 2017-yilda Dakar rallisida g‘olib chiqqan.
Sunderland „2017-yilda mototsikl toifasida gʻalaba qozonib, Dakar rallisi tojini qoʻlga kiritgan birinchi britaniyalik boʻlgani uchun“ Qirollik avtomobil klubining 2017-yilgi Segrave kubogi sohibi boʻlgan.[5][6]
2018-yilda Dakar rallisida Sem 4-bosqichda mag‘lub bo‘lishdan oldin 1 va 3-bosqichlarda g‘olib boʻlgan[7]. 2019-yil Dakar rallisida Sem 5 va 7-bosqichlarda g‘alaba qozongan va umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan. 2020-yilda Saudiya Arabistonida Sam 5-bosqichda jarohat olib, halokatga uchragan[8].
Faoliyat natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yilllar | Turi | Avtoulovi | Darajasi | Bosqichardagi gʻalabalar soni |
---|---|---|---|---|
2012-yil | Motorbike | Honda | Yoʻq | 0 |
2014-yil | Yoʻq | 1 | ||
2015-yil | KTM | Yoʻq | 1 | |
2017-yil | 1 | 1 | ||
2018-yil | Yoʻq | 2 | ||
2019-yil | 3 | 2 | ||
2020-yil | Yoʻq | 0 | ||
2021-yil | 3 | 1 | ||
2022-yil | Gas Gas | 1 | 1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Dakar Rally: Sam Sunderland becomes first British rider to win famous race“. BBC Sport. Qaraldi: 2017-yil 14-yanvar.
- ↑ „Sam Sunderland“. KTM.com. 2015-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-yanvar.
- ↑ „Competitors: Sam Sunderland“. dakar.com. Qaraldi: 2015-yil 4-yanvar.
- ↑ „Competitors: Sam Sunderland“. dakar.com. Qaraldi: 2015-yil 4-yanvar.„Competitors: Sam Sunderland“. dakar.com. Retrieved 4 January 2015.
- ↑ „2017 Dakar winner Sunderland finds focus in freediving“. Special Broadcasting Service. Reuters (2018-yil 4-may). Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
- ↑ „Past Winners“. Royal Automobile Club. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
- ↑ „Profile of Sam Sunderland“. Amaury Sport Organisation. 2020-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.
- ↑ „Sam Sunderland Crashes Out of Dakar on Stage 5“. Enduro21.com. Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.