Saltuklu bekligi
Saltuklu bekligi turkcha: Saltuklu Beyliği | ||||
| ||||
---|---|---|---|---|
1200-yilda Onadoʻli | ||||
Poytaxti | Erzurum | |||
Til(lar)i | Turk tili | |||
Dini | Islom | |||
Boshqaruv shakli | Mutlaq monarxiya | |||
Sulola | Saltuklular | |||
Bek | ||||
- 1071—1102(ilk) | Ebü’l-Kāsım İzzeddin Saltuk Bey | |||
- 1185—1202 (soʻngi) | Melik Rükneddin Melikşah | |||
Tarix | ||||
- 1071 | Ebü’l-Kāsım İzzeddin Saltuk Bey beklikka asos soldi | |||
- 1202 | Koʻniya sultonligi tarafidan bosib olindi | |||
Saltuklu bekligi (turkcha: Saltuklu Beyliği) — 1071-1202-yillar orasida Erzurum va tutash hududlarda hukmronlik qilgan markazi Erzurum boʻlgan Onadoʻlidagi turk-islom bekligi. Beklikka 1071-yildagi Malazgirt jangidan soʻng, Saljuqiylar imperiyasi qoʻmondoni Ebü’l-Kāsım İzzeddin Saltuk Bey asos solgan. Beklikning nomi asoschisining ismidan kelib chiqqan[1].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amir Saltuk 1071-yilda Saljuqiylar imperiyasi va Vizantiya imperiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan Malazgir jangida, saljuqiylar qoʻshini tarkibida jangovar birlikka boshchilik qilgan. Saljuqiylar qoʻshini gʻalaba qozongach, Sulton Alp Arslon tomonidan Erzurum va uning atrofini zabt etish topshirigʻi berilgan. Saltuk Bey ushbu hududlarni fath etgandan keyin, sulton iqto tariqasida oʻziga hadya qilgan. Amir Saltuk Erzurumni iqto qilib olgan boʻlsa-da, Erzurumning asosiy qismi Gruziya homiyligidagi sobiq Vizantiya qoʻmondoni tomonidan boshqarilgan. Saltuk Bey bu hududlarni 1080/1081-yillarda toʻlaqonli egallagan[2].
Saltuklular saljuqiylarning vassali sifatida gruzinlarga qarshi kurashni davom ettirib, hududlarini kengaytirishga va chegarani himoya qilishga harakat qildilar. 1155-yilda Saltuklu beki Izzettin Saltuk Ani atrofidagi jangda Gruziya podshohi Dimitriyga magʻlub boʻldi va asirga tushdi. Soʻngra katta toʻlov evaziga ozod qilindi.
Saltuklular Dânişmendliler bilan birlikta xristianlarga qarshi bir nechta katta muvafaqqiyatli urushlarni amalga oshirganlar. Koʻniya sultoni Rükneddin Süleyman Şah gruzinlarga qarshi harbiy safar uyushtirdi va Saltukli beki Alâeddîn Melik Şahni ham oʻz qoʻshiniga kelib qoʻshilishini va gruzinlarni birlikta yengish kerakligini aytdi. Ammo Saltuklu beki bu daʼvatga rozi boʻlmaganidan keyin, 1202-yilda Rükneddin Süleyman Şah Erzurum ustiga yurdi va shaharni egalladi. Shundan soʻng, Saltuklu bekligi ham tarix sahifalaridan oʻrin oldi.
Saltuklu bekligi beklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1071-1202-yillar orasida markazi Erzurum boʻlgan va eng porloq davrlarida Kars, Gumushhane, Rize va Bayburt hududlariga hukmronlik qilgan turkman bekligining beklari quyidagilardir:
Bek[3] | Hukmdorlik yili | Izohlar |
---|---|---|
Ebü’l-Kāsım İzzeddin Saltuk Bey | 1071-1102 | Beklik asoschisi. |
Melik Alaeddin Ali | 1102-1145 | |
Melik İzzeddin Saltuk | 1145-1174 | |
Melik Nasreddin Mehmed | 1174-1185 | |
Melik Rükneddin Melikşah | 1185-1202 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Özaydın (2009). „Saltuklular“. İslâm Ansiklopedisi. İslam Ansiklopedisi. 54-bet. 2020-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlandi.
{{cite magazine}}
: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjuds:|cilt=
,|arşivtarihi=
va|sayı=
(yordam); Unknown parameter|deadurl=
ignored (|url-status=
suggested) (yordam); Unknown parameter|fisrt=
ignored (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|archivedate=
(yordam) - ↑ Mükrimin Halil, Yinanç. Türkiye Tarihi Selçuklular Devri I. Cilt (Yayına Hazırlayan: Prof. Dr. Refet Yinanç) (Türkçe). Türk Tarih Kurumu, 2013 — 65,69,89-bet. ISBN 978-975-16-2534-2.
- ↑ Yılmaz Öztuna, „Devletler ve Hanedanlar“ Cilt:2, Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara 1996, s. 42