Kontent qismiga oʻtish

Salor mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salor

Salor mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirobod
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Avtomobil kodi 01

Salor mahallasi (Nukus koʻch., 4) — Mirobod tumanidagi mahalla. Oybek, „Movarounnahr“, „Yangi Mirobod“ mahallalari bilan chegaradosh[1].

1996 yil tashkil etilgan. Tuman hududidan oqib oʻtuvchi Salor kanalining tumanga kirish yoʻli ushbu mahalladan boshlanishi sababli shunday atalgan.

Aholisi 4,5 mingdan ortiq, asosan, ruslar, shuningdek, 16 millat vakillari (o'zbek, turkman, arman va boshqalar) yashaydi.

Mahallada 7 koʻcha, temiryoʻlchilar madaniyat saroyi, Temiryoʻl loyixalash instituti, Temiryoʻl muzeyi, Transport prokuraturasi, Respublika teri-tanosil kasalliklari kasalxonasi bor. „Toshkent — Markaziy“ vokzali, Uchqun tikuvchilik sexi, rus xristian sobori, tu­man soliq inspeksiyasi, tuman bandlikka koʻmaklashuvchi markazi, Milliy bank Toshkent viloyati boʻlimi, Sanoat qurilish banki tuman boʻlimi, Aviakassa, „Istiqlol“ supermarketi, 2 ta goʻzallik saloni, 1-stomatologiya poliklinikasi, harbiy doʻkon, oziq-ovqat doʻkonlari va boshqalar joylashgan.

  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 471-472-bet.