Salomatlik instituti
Salomatlik instituti — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli muassasa. 2001-yil 1 aprelda Toshkentda tashkil etilgan. Salomatlik institutining asosiy maqsadi aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, barqarorlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya hamda ommaviy sport harakatlarini profilaktik tibbiyot bilan uygʻunlashtirish, salomatlik uchun xavfli boʻlgan omillarni aniqlash, aholi salomatligini tahlil qilish va shu asosda sogʻliqni saqlash rivojlantirishning bosh yoʻnalishini aniqlab berishdan iborat. Institutda 6 boʻlim (tashkiliyuslubiy, tahririyatnashriyot, sogʻlom turmush tarzi targʻiboti va uni oʻqitish, ommaviyaxborot, aholi salomatligi holati monitoringi va uni bashorat qilish, axborottahlil; xalqaro va nodavlat tashkilotlar bilan aloqalar va ularning ishlarini muvofikdashtirish), 14 filial (12 viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi), 161 ta tuman, 15 ta shahar va 1 ta Navoiy konmetallurgiya kombinati Salomatlik markazlari mavjud. Institutda 2 fan doktori, professor (O.M. Mirtazayev, O.B.Qutlumuratov), 465 vrach, 474 oʻrta tibbiy va boshqa soha mutaxassislari faoliyat koʻrsatadi. Institutda ilmiy ishlar toʻplami, monografiya va boshqa uslubiy qoʻllanmalar chop etiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |