Salom Samadov
Salom Ismatovich Samadov | |
---|---|
Tavalludi |
16-noyabr 1963-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | yurist |
Unvoni | 3-darajali davlat adliya maslahatchisi |
Salom Ismatovich Samadov – oʻzbekistonlik yurist va davlat arbobi[1].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi mehnat faoliyatini 1990-yilda Buxoro viloyati Buxoro shahrining Fayzulla Xoʻjayev tumani prokuraturasida boshlagan, Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda ishlagan.
2005-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan.
2008-yildan 2017-yilgacha Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
2017-yilda bir vaqtning oʻzida Prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzosi boʻlgan[2].
2017—2018-yillarda Oʻzbekiston bosh prokurorining oʻrinbosari.
2018-yildan 2022-yilgacha Toshkent viloyati prokurori[3], 2022-2023-yillarda Qashqadaryo viloyati prokurori boʻlgan[4].
2023-yil 22-fevraldan hozirgacha Oʻzbekiston bosh prokurorining oʻrinbosari[5].
2023-yil 29-avgustdan hozirgacha bir vaqtning oʻzida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi[6].
3-darajali davlat adliya maslahatchisi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „САМАДОВ Салом Исматович“.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi tarkibini tasdiqladi“.
- ↑ „Прокурором Ташкентской области стал Салом Самадов“.
- ↑ „Назначен прокурор Кашкадарьинской области“.
- ↑ „Назначен заместитель Генерального прокурора“.
- ↑ „Salom Samadovga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i lavozimini vaqtincha bajarish yuklatildi“.