Kontent qismiga oʻtish

Salom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salom (arab. — sulh, doʻstlik, omonlik) — 1) kishilarning koʻrishganda bir-birlari bilan oʻzaro soʻrashish ifodasi. Jahondagi koʻpgina xalqlarda salom soʻz orqali bajariladi. Har qanday odamga murojaat yoki muomala qilishdan oldin salom berish va alik olish insoniy fazilatdir (qarang Assalomu alaykum); 2) xonamirlar bilan uchrashuv (audiyensiya) ham salom deb atalgan. Amir, xonlarning qabulxonasi salomxona deb atalib, uning xizmatchisi salom ogʻasi deb yuritilgan; 3) kelin kuyov xonadoniga kelgandan keyingi birinchi kun ertalab uni kuyov ota-onalariga va yaqin qarindoshlariga taʼzimga olib chiqish marosimi yoki umuman kelinchak taʼzimi (qarang Kelin salom).

[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil