Salimbiy mirshab madrasasi
Madrasa | |
Salimbiy mirshab madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Salimbiy mirshab |
Binokorlik tashabbuschisi | Salimbiy mirshab |
Asosiy sana: XX asr boshlarida
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 8 ta |
Salimbiy mirshab madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Salimbiy mirshab madrasasi XX asr boshlarida Baland masjid guzarida[1], Buxoro amirligi davrida Salimbiy mirshab tomonidan bunyod etilgan. Mazkur madrasaga oid ikkita vaqf hujjati saqlanib qolgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Birinchi hujjat 1326-yil jumad us-soniyning 29-kuni (1908-yil 29-yul) Mirzo Muhammad Salimbekbiy Buxoroning Baland masjid guzaridagi 5 hujrali madrasa uchun 10 tanob xurri xolis yerini vaqf qilgan. Mazkur hudud Buxoro shimolidagi Kallaxonayi poyon mavzesida joylashgan. Ushbu madrasaning pastdagi 2 hujrasi pishiq va tepadagi 3 hujra xom gʻishtdan bunyod etilgan. Madrasa gʻarbida Karimquli Yorboy oʻgʻli hovlisi, shimolida koʻcha, sharqida guzar hovuzi va janubida Baland masjid joylashgan boʻlgan. Vaqf hujjatlariga koʻra madrasa hujralarida bir nafar talaba istiqomat qilgan. Madrasaga mutavvali voqifning oʻzi boʻlgan. Agar u vafot etsa, uning avlodlari ushbu vazifani bajargan. Mazkur hujjat qozi ul-quzzot mulla Muhammad Baqoxoja ibn mulla Muhamad Qozixoja va sadr rais Mirzo Burhoniddin muhri bilan tasdiqlangan. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida Mirzo Salimbek mishab Baland masjidi guzarida 3 ta sinchli va 5 ta gʻishtin hujradan madrasa qurganligi va unga mudarris kerakligi toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtilgan. Hujjatda mulla Asomiddin madrasaga mudarris sifatida ishga qabul qilingan. Yana bir hujjatga koʻra ushbu madrasa qurilishi uchun Mirzo Salimbek miroxoʻr mirshab 2780 tanga xarajat qilgan[2].
Salimbiy mirshab madrasasi 8 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.