Kontent qismiga oʻtish

Saitama Stadium 2002

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkum:Stadionlar

Saitama Stadium 2002
Saitama Stadium 2002
Joyi Yaponiya bayrogʻi Yaponiya , Saitama
Qachon qurilgan 2001-yil sentabr
Qachon ochilgan 2001-yil 1-oktabr
Egasi Saitama prefekturasi
Operator Saitama Prefectural Park Association
Yuzasi tabiiy chim
Meʼmor Azusa Sekkei, Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Hajmi 63.700
Maydon oʻlchami 105 x 68 m
Maydon egalari
Urawa Red Diamonds, Yaponiya milliy futbol terma jamoasi

Saitama Stadium 2002 (yaponcha: 埼玉スタジアム2002, Saitama Sutajiamu Nimarumaruni), koʻpincha Saitama Stadium (yaponcha: 埼玉スタジアム, Saitama Sutajiamu) yoki oddiy qilib Saisuta (yaponcha: 埼スタ) deya ataluvchi futbol stadioni Yaponiyadagi Saitama prefekturasi, Saitama, Midori-kuda joylashgan.

Hozirda J1 League musobaqasining Urawa Red Diamonds klubining uy oʻyinlari stadioni hisoblanadi. Ushbu oʻyingoh Yaponiyadagi eng katta stadion va Osiyodagi eng katta stadionlardan biri sanaladi[1][2].

Stadion 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati yarim finaliga, 2020-yilgi Yozgi olimpiya oʻyinlarining futbol musobaqasiga mezbonlik qilgan[3].

Saitama Stadium 2002 stadionidan, shuningdek, deyarli har bir FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlarida Yaponiya milliy futbol jamoasining uy stadioni sifatida ham foydalaniladi.

Stadion Saitama temiryoʻlining Urawa-Misono bekatidan 15-20 daqiqalik piyoda yoʻl masofasida joylashgan.

Stadion Azusa Sekkei tomonidan 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun qurilgan, qurilish 2001-yil sentabr oyida yakunlangan. Stadion 63,700 kishini sigʻdiradi, biroq alohida sabablarga koʻra, liga oʻyinlarida 62,300 kishini qabul qiladi.

Saitama stadionida 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatining toʻrt oʻyini boʻlib oʻtgan, jumladan, Yaponiya milliy terma jamoasining Belgiya milliy terma jamoasiga qarshi birinchi oʻyiniga mezbonlik qilgan.

2005- va 2007-yillar oraligʻida Urawa Red Diamondsning mahalliy derbi raqibi Omiya Ardija oʻz uyi Omiya Park futbol stadioni kengaytirilganligi sababli Urava Komaba jamoasi bilan birga bu yerda oʻz oʻyinlarini oʻtkazib turgan.

2002-yilgi FIFA Jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion 2002-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladigan joylardan biri boʻlgan va quyidagi oʻyinlarni oʻtkazgan:

Puzzle globe logo
2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Yaponiya va Avstraliya oʻyini – OFK 4-tur.
2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari
  • Bino maydoni: 54 420 m²
  • Umumiy maydoni: 62 674 m²
  • Yopiq maydoni: 29 000 m²
  1. "FIFA". fifa.com. Retrieved 2021-08-30.
  2. https://www.pref.saitama.lg.jp/oly-para/eng/overview/venues/stadium2002.html (Wayback Machine saytida 25-iyul 2021-yil sanasida arxivlangan). Information from Saitama Prefecture for the Tokyo 2020 Olympic and Paralympic Games!. Retrieved 2021-08-30.
  3. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.