Said Usmonov
Said Usmonov | |
---|---|
Tavalludi |
1922-yil 22-aprel Boshqirdiston ASSR, RSFSR, SSSR |
Vafoti |
1972-yil Toshkent shahri, OʻzSSR |
Fuqaroligi |
![]() |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | tilshunoslik |
Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika universiteti |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Dini | Islom |
Said Usmonovich Usmonov – (1922-yil 22-aprel, Boshqirdiston ASSR, RSFSR, SSSR–1972-yil, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek tilshunosi, filologiya fanlari doktori[1]. 1961-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzosi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Usmonov 1922-yilning 22-aprel kuni RSFSR tarkibidagi Boshqirdiston ASSRda tugʻilgan. 7 yoshgacha kirgach, 1929-yili Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Toshkent shahriga oilasi bilan birga koʻchib kelgan. 1930-yildan 1934-yilgacha Orjokonidze rayonidagi Vladimir Lenin nomidagi boshlangʻich maktabda tahsil oladi. Orada 1934-yili Doʻrmon internatida oʻqib, 1935-yilda umumtaʼlim maktabni tamomlagan. Shu yili Vladimir Lenin nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga qabul qilinadi. 1938-yilda esa, oliygohni muvaffaqiyatli tamomlaydi. 1972-yili 50 yoshida SSSR tarkibidagi Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida vafot etadi[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Usmonov oʻz faoliyatini 1937-yilda Bayitqoʻrgʻondagi 4-maktabda musiqa va ona tili va adabiyot fanlaridan dars berishdan boshlaydi. 1939-yilda Toshkent davlat pedagogika institutining til va adabiyot fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi. 1942-yilda 3-kursni tamomlayotgan payti, Toshkent harbiy bilim yurtida bir muddat oʻqigach, Ikkinchi jahon urushiga joʻnab ketgan. Urushdan yarador boʻlib qaytganidan keyin, Toshkent davlat pedagogika institutida tahsilini davom ettirib, 1944-yilda muvaffaqiyatli tamomlaydi. Shu yildan boshlab oʻzi tahsil olgan Orjokonidze rayonidagi maktablarda oʻqituvchi, ilmiy mudir va maktab direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1946-yildan 1948-yilgacha Oʻzbekiston SSR Mehnat rezervlari ministrligining hunar maktabiga oʻqituvchi sifatida ishlaydi. 1946-yili Toshkent davlat pedagogika institutining aspirantura taʼlim bosqichiga oʻqishga qabul qilinadi. 1957-yildan 1964-yi]gacha institutning oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri sifatida ishlagan.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1953-yilda „Hozirgi zamon oʻzbek tilida undovlar“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1964-yilda „Hozirgi zamon oʻzbek tilida soʻzning morfologik xususiyatlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi. Olim faoliyati davomida bir nechta tilshunoslikka oid asarlar yozgan. Jumladan, „Soʻz va uning morfologik xususiyatlari“, „Undovlar“, „Undov gaplar“, „Hozirgi zamon oʻzbek tilida omonimlar va sinonimlar“, „Feʼlning funksional formalari haqida“, „Metafora“, „Soʻzning morfematik va funksional analizi haqida“ hamda „Oʻzbek tilida soʻz formalari“ kabi ilmiy ishlari turli yillarda davriy matbuotda eʼlon qilingan. Bundan tashqari, ilmiy faoliyatining soʻnggi yillarida, „Oʻzbek orfografiyasining yangi proyekti qoidalari haqida“, „Toʻgʻri yozuv qoidalari“, „Oʻzbek terminologiyasini baʼzi qoidalari“, „Til nazariyasining baʼzi bir masalalari“ mazvularida yirik ilmiy ishlar qilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Usmonovning ilmiy faoliyati va harbiy sohadagi xizmatlari hukumat tomonidan mukofotlangan. 1966-yil „Ulugʻ Vatan urushining 2-darajali ordeni“, 1961-yilda „Shavkatli mehnati uchun“, 1965-yilda „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan gʻalabaning yigirma yilligi“, 1966-yilda „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“, 1969-yilda „SSSR Qurolli Kuchlarining 50 yilligi“ yubiley medali va 1965-yili „OʻzSSR xalq maorifi aʼlochisi“ ordenlari bilan mukofotlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ X.Uzoqov. O'zbek tilshunoslari. Toshkent, O'zSSR: "O'qituvchi" nashriyoti, 1972-yil — 87-bet.
- ↑ „УСМАНОВ Саид Усманович“. Региональный интерактивный энциклопедический портал «Башкортостан» Академия наук Республики Башкортостан.
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari
- Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari
- Vatan urushi ordeni sohiblari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Shavkatli mehnat uchun medali sohiblari
- Filologiya fanlari doktorlari
- Toshkentda vafot etganlar
- SSSRda tugʻilganlar
- Tilshunoslar