Kontent qismiga oʻtish

Said otaliq madrasasi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Said Otaliq madrasasidan yoʻnaltirildi)
Madrasa
Said otaliq madrasasi
Said otaliq madrasasining bosh fasadi (2009-yil)
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Surxondaryo
Shahar Denov
Manzil Mustaqillik koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Surxondaryo viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokor Ahmad Mamat Buxoriy
Meʼmor Ahmad Mamat Buxoriy
Binokorlik tashabbuschisi Sayyid otaliq
Homiylar Sayyid otaliq
Asosiy sana:
XIX asr
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati ayanchli ahvolga kelib qolgan, qulash arafasida
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Said otaliq madrasasi — Oʻzbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Denov shahri markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. XIX asrda Mangʻitlar oʻzbek sulolasi vakili amir Haydar hukmronligi davrida, uning qaynotasi Sayyid otaliq homiyligida, Buxorolik meʼmor usta Ahmad Mamat Buxoriy tomonidan bunyod etilgan.

Madrasa XVI asrda Shayboniylar hukmronligi davrida islom dini arbobi — Hazrat Xoja Alouddin Attorga atab qurilgan deya taxmin qilinar edi[2]. Buxoroning yirik madrasalari qurilishi uslubida barpo etilgan (Koʻkaldosh va boshqa madrasalar). Mazkur shakldagi madrasa Surxondaryo viloyatida yagonadir. Denovning Mustaqillik koʻchasida joylashgan[1]. Hozirda madrasa ayanchli ahvolga kelib qolgan boʻlib, qulash arafasida[3][4]. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1].

"Tuhfat az-zoiriyn"da aytilishicha, Hazrat Xoja Alouddin Attor shayx, naqshbandiya tariqati shayhlari oltin zanjiri ketma-ketligi hisobida — oʻn yettinchisi boʻlib, Bahouddin Naqshbandning vorisi, muridi[5], kuyovi boʻlgan. U kishining ikki halifalaridan biri hisoblangan. Hazrat Xoja Alouddin Attor Chagʻoniyon viloyatiga 1389—1396-yillarda oilasi bilan kelib qolgan va milodiy 1400-yil 18-martda Denovda vafot etgan. Sarmozor ota degan joyda dafn qilingan[6]. Bu yer hozirda „Shayx Attor Valiy“[7] yoki „Ostona buva“ deb ataladi[2]. Qabristonda Xoja Alouddin Attorning keyingi avlodlari, jumladan, uning oʻgʻli — Shayx Hasan Attoriy, nevarasi Xoja Yusuf Attor ham dafn etilgan.

Tadqiqotchilar Said otaliq madrasasini Hazrat Xoja Alouddin Attor avlodlari tomonidan bunyod etilgani va boshqa maʼlumotlarni qayd etishadi[2]. Fathnomai sultoniy asariga koʻra, uni Buxoro amirligi hukmdori Haydarning qaynotasi Sayyid otaliq XIX asr boshlarida qurdirgan. U bir necha yillar Denovda hokimlik vazifasini bajargan ekan[8].

Buxoro inqilobidan oldin madrasada 400 ga yaqin talaba tahsil olgan, ularga 33 mudarris saboq bergan. Shoʻrolar tuzumi davrida madrasa yopib qoʻyilgan. 1956—1960 va 1972—1973-yillarda Oʻzbekiston SSR olimlari tomonidan ilmiy oʻrganilgan. 1991-yildan, Hoji Luqmonxon Haydarxon oʻgʻli tashabbusi bilan madrasada talabalarning 4 yillik oʻqitilishi boshlangan. Bugungi kunda madrasaning oʻrta maxsus islom bilim yurti sifatidagi faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan[9]. 2018—2019-yillardagi xabarlarga koʻra, madrasa binosi ayanchli ahvolga kelib qolgan, qulash arafasida boʻlgan[3][4][10]. Madrasa 2019-yilda tasdiqlangan "Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari" milliy roʻyxatiga kiritilib[1], unda hunarmandchilik markazi barpo etish rejalashtirilgan[11]. 2020-yilda binoni saqlab qolish va uning infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, ularning ijro muddati etib 2021-yilning mart—aprel oylari belgilangan[12].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasasining meʼmorchilik uslubi tartibi oʻz davrida belgilangan anʼanalarga mos ravishda barpo etilgan. Bino hovlisi ikki qavatli qurilgan katta-kichik hujralardan tashkil topgan boʻlib, peshtoq ortida miyonsaroy, uning ikki yonida esa masjid va darsxona joylashgan. Madrasa burchaklariga esa guldastalar ishlangan. 40x29.5 metr tarxli hovlisidagi peshayvonlar soni 2 ta. Madrasa poydevorining chuqurligi 5,5 metr. Tomi balxi gumbazli. Hujra derazalariga ganchdan panjaralar ishlangan[2].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 [https://lex.uz/ru/docs/4543266 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“]. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Саид оталиқ мадрасаси (Сурҳондарё, Денов)“. Madrasa.uz. 2020-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Sayyid otaliq madrasasi hamon qarovsiz (+foto)“. Uza.uz. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 „Said Otaliq madrasasi qulamoqda...“. Kun.uz. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  5. „Alauddin Attor“. Arboblar.uz. 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  6. „Ҳазрат Хожа Алоуддин Аттор“. Naqshband.uz. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  7. „Шайх Аттор Валий“. Old.surxonmuslim.uz. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  8. „Fathnomai sultoniy“. Saviya.uz. 2022-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
  9. „Oliy va oʻrta maxsus islom bilim yurtlariga 2018—2019 oʻquv yili uchun qabul e’lon qilindi“. Xs.uz. 2020-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  10. „Tuproqqa qorilayotgan tarix: Denovdagi tarixiy madrasa e’tiborga muhtoj“. Xs.uz. 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  11. „Barcha maqsad va harakatlarimiz xalqimiz farovonligi, farzandlarimiz kelajagi, vatanimiz tinchligini taʼminlashga qaratilgan“. Mfa.uz. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  12. [https://lex.uz/docs/-4832412?query=axborot%20vazirligi „Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 332-son 27.05.2020-yil qarori“]. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
Ushbu maqolani tinglang (5 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 12-iyun, 2022-yil(2022-06-12) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.
  • Arshavskaya Z. A., Rtveladze E. V., Xakimov Z. A., Srednevekovie pamyatniki Surxandari — T., 1982.
  • Askarov Sh. D., Genezis arxitekturi Uzbekistana — T. 2014.
  • Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Istoriya iskusstv Uzbekistana s drevneyshix vremyon do seredini devyatnadsatogo veka — T. 1965.