Said Kamol madrasasi
Madrasa | |
Said Kamol madrasasi
Said Kamolbiy madrasasi Kamolxoja madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | Koʻkaldosh MFY, Bahouddin Naqshband koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Oʻrta |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Mir Sayyid Kamol ibn Mir Abdurasul karvonboshi |
Homiylar | Mir Sayyid Kamol ibn Mir Abdurasul karvonboshi |
Binokorlik | 1864—1865-yillar |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Mehmonxona |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Said Kamol madrasasi (Said Kamolbiy madrasasi; Kamolxoja madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Hozirda madrasada Amulet nomidagi mehmonxona oʻz faoliyatini olib bormoqda.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa 1864–1865-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Fathullo qoʻshbegi (keyinchalik Said Kamol deb atalgan) guzarida, oʻzbek hukmdori Muzaffarxon (1860–1885) hukmronligi davrida, Mir Sayyid Kamol ibn Mir Abdurasul karvonboshi ismli shaxs mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[2][3].
Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat qozi Sadriddin ibn Mir Bayzo muhri bilan tasdiqlangan[2].
Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng, madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib[1], hozirda unda Amulet nomidagi mehmonxona oʻz faoliyatini olib bormoqda.
Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli Bahouddin Naqshband nomidagi koʻchada joylashgan[1].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan[3], 19 hujra va darsxonadan iborat[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi, 2017 — 297—298-bet.
- ↑ 3,0 3,1 „Медресе Саид Камол-бий“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.