Kontent qismiga oʻtish

Said-Azim Oripov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Said-Azim Oripov
Tavalludi 1949
Toshkent
Istiqomat joylari Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi Sharqshunos-filolog-arabshunos, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Said-Azim Oripov  – 1949-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1972-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-arabshunos, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 1972 – 1975-yillarda YAARda harbiy tarjimon; 1975 – 1977-yillarda Toshkent bojxonasida inspektor; 1977 – 1982-yillarda Suriya Arab Respublikasining Yefrat toʻgʻoni qurilishida bosh tarjimon; 1983 – 1985-yillarda Toshkent bojxonasida bosh inspektor va boʻlim boshligʻi; 1985 – 1987-yillarda SSSRning Yaman XDR dagi savdo vakolatxonasida bosh tarjimon; 1987 – 1989-yillarda OʻzR bojxonasida bosh nozir, boʻlim boshligʻi; 1989 – 1991-yillarda boshliq muovini. 1991 – 2002-yillarda OʻzR Bojxona Qoʻmitasi raisi, Raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari. 2002 – 2003-yil Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona kolleji boshligʻi. 2003-2014-yillar Davlat bojxona qoʻmitasi Oliy harbiy bojxona instituti „Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan boshqarish“ kafedrasi boshligʻi[1].

Ilmiy yoʻnalishi – Moliya, pul va kredit munosabatlari, Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish. 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. „Shuhrat“ medali (1998)[manba kerak], „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni (2002)[manba kerak], „Butunjahon bojxona tashkiloti tashkil topganligining 50 yilligi“ medali bilan mukofotlangan. Bojxona xizmati general-mayori maxsus unvoniga ega.

Asosiy ilmiy ishlari:

Nomz. diss. mavzusi: „Tashqi savdoni bojxona toʻlovlari orqali tartibga solishni takomillashtirish“. – Toshkent, 2009.

1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilayotgan bojxona siyosati // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2004. – B.32 – 34. – A.Aliyev bilan hammualliflikda.

2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda bojxona bojlaridan foydalanish // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2004. – B.26 – 28. -A.Aliyev bilan hammualliflikda.

3. Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta nazoratini kuchaytirish choralari // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – Toshkent, 2005. – B.20 – 22.

4. Bojxona toʻlovlari va ularning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi oʻrni // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – Toshkent, 2005. – B.35 – 39. – F.Yuldashev bilan hammualliflikda.

5. Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda erkin iqtisodiy hududlarning roli // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – Toshkent, 2005. B.50 – 53.- D.Yusupov bilan hammualliflikda.

6. „Tashqi savdoni boj tarifi orqali boshqarish“ hamda „valyuta nazorati“ fanlarini oʻqitishning samaradorligini oshirishning ayrim muammolari // OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – Toshkent, 2005. – B.146 – 148.

7. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda bojxona toʻlovlari // Iqtisodiyot va taʼlim. – Toshkent, 2006. – B.151 – 155.

8. Intellektual mulk muhofazasi // Jamiyat va boshqaruv. – Toshkent, 2006. – B.30 – 32.

9. Respublika tashqi iqtisodiy faoliyatda bojxona xizmatining oʻrni // Bozor, pul va kredit. – Toshkent, 2006. – B.58 – 60.

10. Chlenstvo stran s perexodnoy ekonomikoy vo Vsemirnoy Torgovoy organizatsii. – Sankt Peterburg, 2006. – S. 20 – 23. – v soavt. s L.Pulatovoy.

11. Bojxona xizmatining davlat byudjeti daromad qismini toʻldirishdagi oʻrni va bojxona qonunchiligini takomillashtirishdagi ayrim muammolar // OʻzR DBQ, OʻzR Oliy majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, „Iqtisodiy integratsiyani jadallashtirish sharoitida bojxona siyosatining qonunchilik bazasini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari“ mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent, 2006. – B.10 – 18.

12. Puti realizatsii tamojennogo regulirovaniya VED v Respublike Uzbekistan // OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Tashkent, 2006. – S.48-52. – v soavt. s D. I. Makarovim, D. B. Pak.

13.Chet el investitsiyalari va ularga nisbatan bojxona imtiyozlarini qoʻllashning ayrim muammolari // OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – Toshkent, 2006. – B.65 – 69. – D.Yusupov bilan hammualliflikda.

  1. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021.
  • O`zbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021.