Sagarejo
Sagarejo (gruzincha: საგარეჯო) Gruziyaning Kaxetidagi viloyatidagi shaharchadir. U Gruziyaning sharqida, Tbilisi shahridan 58 kilometr (36 mi) uzoqlikda joylashgan. Aholisi 2014-yilgi statistikaga koʻra,10 871 kishi.[1] Sagarejo tumanining maʼmuriy markazi hisoblanadi.
Shahar Gare-Kaxeti hududining (Tashqi Kaxeti) asosiy aholi punkti hisoblanadi. Aholi punkti birinchi marta 11-asrda yozma maʼlumotlarda Tvali nomi bilan tilga olingan. Buni soʻzma-soʻz tarjima qilganda „koʻz“ degan maʼnoni anglatadi. Keyinchalik, u Sagarejo, yaʼni „Gareja“ deb nomlana boshlangan. Bu hudud David Gareja monastiriga tegishli ekanligini koʻrsatadi. Unga 1962-yilda shahar maqomi berilgan.
Qadimgi Ninotsminda bosh cherkovining xarobalari Sagarexo yaqinida joylashgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „მოსახლეობის საყოველთაო აღწერა 2014“. საქართველოს სტატისტიკის ეროვნული სამსახური (2014-yil noyabr). Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |