Kontent qismiga oʻtish

Safadiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalil ibn Aybak as-Safadiy yoki Salohiddin as-Safadiy, toʻliq ismi-sharifi – Salohiddin Abu as-Safo Xalil ibn Aybak ibn Abdulloh al-Albakiy al-Safariy ad-Dimashqiy ash-Shofeiy (1296 – 1363). U turkiy mamluklar davri yozuvchisi va tarixchisi boʻlgan. Tarixchi va shofeiy olim Imom Zahabiydan tahsil olgan[1].

Safadiy mamluklar hukmronligi davrida Falastinning Safad shahrida tugʻilgan. Uning boy oilasi unga Qur’on yodlash va hadis kitoblarini oʻqish kabi mukammal taʼlim olish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan. U grammatika, filologiya va xattotlik kabi fanlarda yuksak natijalarga erishgan. Safadiy matoga rasm chizar, ayniqsa adabiyotga ishtiyoqi baland edi. U arab sheʼriyati, uning tizimlari va mashhur shoirlar ijodini oʻrgangan.

Safadiyning Damashq, Qohira va Halabda taʼlim olgan ustozlari orasida quyidagilar uchraydi:

1) Hofiz Fathuddin ibn Sayyidunnos (vaf. 734/1333), undan Qohirada adabiyotdan tahsil olgan. 2) Ibn Nabata Muhammad ibn Muhammad al-Farqiy al-Masriy (vaf. 768/1367). 3) Abu Hayyon Gʻarnotiy (vaf. 745/1345), undan grammatika va filologiyani oʻrgangan. 4) Mahmud ibn Salmon ibn Fahd (vaf. 725-hijriy/1325-26), „Husn al-tavassul ila ṣinaʼat at-tarassul“ asari muallifi. 5) Qozi Badriddin ibn Jamot, Muhammad ibn Ibrohim ibn Saʼd al-Kattoniy (vaf. 733/1333-34). 6) Taqiuddin as-Subkiy (vaf. 756/1356-57). 7) Abu an-Nun Yunus ibn Ibrohim al-Dabusiy (vaf. 729/1329-30). 8) Hofiz Jamoliddin Yusuf ibn Abdurahmon al-Mizziy (vaf. 742/1342). 9) Hofiz Shamsuddin Ahmad ibn Muhammad ibn Usmon az-Zahabiy (vaf. 749/1347-48), undan hadis va tarix ilmini oʻrgangan.

1. „Ixtiroʻ al-xuro“ – satirik asar[2];

2. „Kitob al-Vofiy bil-vafayot“ (كتاب الوافي بالوفيات) (29 jild); taniqli shaxslar haqidagi biografik lugʻat[3][4];

3. „Nakt al-humyon fi nukat al-umyon“, taniqli koʻr odamlarning tarjimai holi, ularning koʻrlik sabablari haqida[5];

4. „Al-gʻays al-musajam fi sharh lamiyyat-ajam“, Togʻaroyining „Lamiyat al-ajam“ asariga qomusiy sharh[6];

5. „Al-Husn aṣ-ṣariḥ fi mi’at maliḥ“[7]:43;

6. „Al-Ravz al-basim val-arf an-nasim“[7]:43-44;

7. „Alxan as-savaji’ bayn al-badi va-l-muraji“[7]:42;

8. „Kashf al-hol fi vasf al-xol“[7]:44;

9. „Rashf al-zulol fi vasf al-hilol“[7]:44;

10. „Lazzat as-samʼ fi vasf al-dam“ („Kitob tashnif as-samʼ bi-nsikab ad-damʼ“ nomi bilan ham mashhur boʻlgan)[7]:44.

„Kitob al-Vofiy bil-vafayot“ kitobini quyidagi link orqali yuklab olish mumkin: https://archive.org/details/FP49931

  1. Rosenthal, Franz „al-Ṣafadī“ (en).
  2. Tuttle, Kelly (2013). „Play and display: al-Ṣafadī's Invention of Absurdity“. Postmedieval: A Journal of Medieval Cultural Studies. 4-jild, № 3. 364–378-bet. doi:10.1057/pmed.2013.22. S2CID 170228506.
  3. Rowson, E.K.. Essays in Arabic Literary Biography. Weisbaden: Harrassowitz-Verlag, 2009 — 341–357-bet. 
  4. aṣ-Ṣafadī, Salah al-Dīn (2000), ʻAdnān al-Baḫīt, Muḥammạd (muh.), „Al-Wāfī bi-'l-wafayāt“, Bibliotheca Islamica (arabcha), Beirut: Dar Ehia al-Tourath al-Arabi, 29{{citation}}: CS1 maint: unrecognized language ()
  5. Saliba, George. A History of Arabic Astronomy: Planetary Theories During the Golden Age of Islam. New York: New York University Press, 1994 — 35, 53, 61-bet. 
  6. Muhanna, Elias. The World in a Book: Al-Nuwayri and the Islamic Encyclopedic Tradition. Princeton University Press, 2017 — 52-bet. ISBN 9780691175560. 
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 Adam Talib, How Do You Say „Epigram“ in Arabic? Literary History at the Limits of Comparison, Brill Studies in Middle Eastern Literatures, 40 (Leiden: Brill, 2018); ISBN 978-90-04-34996-4.